

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher jamoaning keyingi rejalari haqida gapirdi. Xususan, MYU Angliya kubogi doirasida "Reding"ga qarshi o'yindan keyin Dubayga yo'l oladi.
U yerda "Qizil iblislar" 4 kun davomida "One&Only Royal Mirage Arabian Court" kompleksida intensiv mashg'ulotlar olib borishadi.
"Shanba kuni Angliya kubogidagi bellashuvdan so'ng biz Dubayga ketamiz va u yerda o'zimizning jismoniy holatimiz ustida ishlaymiz. Bu muhim. Chunki, martning oxiri, aprel oyiga borib bizga kuch kerak. O'ylashimcha, o'sha kuch bizda bo'ladi", - dedi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, 5 yanvar kuni BAAda Osiyo kubogi-2019ga start beriladi.



