Osiyo kubogi-2019. Guruhdagi raqiblar bilan oldingi natijalarimiz qanday bo'lgan?
05 may 2018 10:10
Yangiliklar
Osiyo kubogi-2019. Guruhdagi raqiblar bilan oldingi natijalarimiz qanday bo'lgan?
O'zbekiston terma jamoasi "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan o'ynaydigan bo'ldi.
Terma jamoamiz Ummon bilan Osiyo kuboklari final bosqichida umuman to'qnash kelmagan. Yani BAAdagi qita chempionatida ushbu jamoalar ilk bor o'zaro o'yin o'tkazishadi.
Yaponiya bilan Osiyo kuboklarida ikki bor to'qnash kelganmiz. 1996 yil BAAda bo'lgan Osiyo kubogi guruh bosqichida vakillarimiz Yaponiyaga 0:4 hisobida yutqazib qo'yishgan.
2000 yil Livan mezbonlik qilgan musobaqada esa O'zbekiston bundanda yirik hisobda imkoniyatni boy bergan - 1:8. Ushbu mag'lubiyat hozirgacha terma jamoamiz tarixidagi eng yirigi bo'lib turibdi.
Qo'shnilarimiz Turkmaniston bilan qita chempionati final bosqichida bir bor o'ynaganmiz. 2004 yil Xitoyda o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichida Turkmaniston 1:0 hisobida mag'lub etilgan edi.
2019 yilgi Osiyo kubogida qanday natijalar qayd etiladi. Buni albatta vaqt ko'rsatadi.
Fikrlar