Osiyo Kubogi-2019. Chempion jamoa 5 millionga ega bo'ladi

Narzulla Saydullayev
4 may 2018, 20:55
Keyingi yilning 5 yanvaridan 1 fevraliga qadar BAAda Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada yarim finalda mag'lub bo'lgan jamoalar 1 million, finalda yutqazgan jamoa 3 million va chempion jamoaga 5 million AQSH dollari mukofot puli topshiriladi. 

Qita chempionatiga chiqqan har bir terma jamoaga esa 200 ming AQSH dollari mukofot puli beriladi. Demak O'zbekiston terma jamoasi ham 200 ming AQSH dollariga ega bo'ladi.

Bu haqda OFK prezidenti Shayx Salmon Bin Ibrohim Al Halifa Osiyo Kubogi-2019a qur'a tashlash marosimi vaqtida ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia