Osiyo Kubogi-2019. Bugun terma jamoamiz soat 17:00da mashg'ulot o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2019, 10:19
O'zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

O'zbekiston MTJ a'zolari bugun Dubay shahrida mashg'ulotlarni davom ettirishadi. Bugungi mashg'ulot mahalliy vaqt bilan soat 17:00da (Toshkentda 18:00) Dubaydagi "Rashid Stadium"ga qarashli "SAAD Al-Nahda" o'yingohida bo'lib o'tadi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq.

Ertaga Turkmanistonga qarshi o'yindan oldin komissar ishtirokida miting, matbuot anjumani va o'yinoldi mashg'ulotlar bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати