Osiyo Kubogi-2019. Bugun dastlabki matbuot anjumani bo'lib o'tadi
04 jan 2019 09:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/470030_original.jpg)
![](/upload/storage/470030_220.jpg)
Osiyo Kubogi-2019. Bugun dastlabki matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Ertaga Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi boshlanadi.
Ochilish o'yinida mezbon BAA va Bahrayn terma jamoalari to'qnash kelishadi.
Bugun mana shu o'yindan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.
BAA vaqti bilan soat 17:15da (18:15 Toshkent) Abu Dabi shahridagi "Zayd Sports Siti" stadionida BAA bosh murabbiyi Alberto Zakkeroni ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi.
19:15da Bahrayn ustozi Miroslav Soukup ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi.
Mahalliy vaqt bilan soat 18:00dan 19:00ga qadar BAA futbolchilari o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazishadi.
20:00dan 21:00gacha Bahrayn terma jamoasi mashg'ulot o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, BAA - Bahrayn uchrashuvi 5 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Uchrashuv "Zayd Sports Siti" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
12:47
Jizzaxdagi gollarga boy dramada "Navbahor" "So'g'diyona"ni mag'lub etgan uchrashuvdan GALEREYA 6
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar