So’nggi yangiliklar

15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  0 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  4 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  10 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6

Osiyo Kubogi–2019. 11 000 metr balandlikdagi tilak, qishdan yozga sayohat va sehrli ibora Yangiliklar

Osiyo Kubogi–2019. 11 000 metr balandlikdagi tilak, qishdan yozga sayohat va sehrli ibora

2019 yil kirib kelishi bilan O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun jiddiy sinov boshlandi.

Yangi yil bayramini o'z oilasi, yaqinlari bag'rida nishonlagan futbolchilar-u murabbiylar bayram kayfiyatini saqlagan holda Osiyo Kubogiga yo'l olishdi.


Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro aeroporti”da terma jamoamiz azolarini muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda katta musobaqaga kuzatib qo'yishdi. “Musobaqa davomida maydonda boringizni berib to'p suring, ortingizda biz muxlislar, jurnalistlar, butun o'zbek xalqi Sizni qo'llab-quvvatlab turibdi” degandek.  Erta sahar bo'lishiga qaramay sovuq ob-havo sharoitida aeroportga kelib, terma jamoa azolarini kuzatish marosimida qatnashgan barcha muxlisu jurnalistlar, fotograf-u operatorlarga minnatdorchilik bildirib qo'yish kerak. Siz kabi fidoiylar borligi uchun ham milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogida jonini berib harakat qilishi shart!


Toshkent – Dubay yo'nalishi bo'ylab uchadigan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 08:00da parvoz qilishi kerak edi. Ammo texnik sabablarga ko'ra parvoz vaqti kechiktirildi. Biz buni yaxshilikka yo'ydik. Birlashgan Arab Amirliklaridan ham kechroq ortga qaytaylik, musobaqaning oxirigacha o'sha erda qolib, yorug' yuz bilan Vatanga kelish nasib etsin, deb niyat qilib qo'ydik!

11 ming metr balandlikda “O'zbekiston Havo Yo'llari” milliy aviakompaniyasiga tegishli bo'lgan Boing-787 “Drimlayner”ida uchib ketayotganimizda kema kapitani Alisher Sultonov samolyot sahnida futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari borligi, ular Osiyo Kubogida Vatanimiz shanini himoya qilish uchun ketishayotganini elon qildi va butun ekipaj nomidan terma jamoamizga omad tiladi! Bu holat delegaciya azolarining kayfiyatiga kayfiyat qo'shdi.

Nihoyat, 3 soatdan oshiqroq davom etgan parvozdan keyin Dubay shahriga qo'ndik. OFK vakillari bizni kutib turishgan ekan. Jamoaviy suratga tushganimizdan keyin bizni alohida yo'lak bo'ylab tashqariga olib chiqishdi.


Osiyo Kubogi qatnashchilari uchun aeroportda alohida qulayliklar yaratilgan. Ular ortiqcha tekshirish va navbatlarsiz o'tkazib yuborilmoqda.


Umuman olganda, “Asian Cup” (“Osiyo Kubogi”) iborasi Birlashgan Arab Amirliklarida ayni kunlarda “sehrli ibora”ga aylangan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Delegaciya vakillaridan birining sumkasi bojxona xodimlariga sal kattaroq ko'rindi shekilli, alohida tekshiruvga taklif qilmoqchi bo'ldi. Lekin “Asian Cup” degan iborani eshitganidan keyin “Ok” deb jilmaygancha, tekshiruvlarsiz o'tkazib yubordi. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuperni BAAdagi mahalliy muxlislar shu zahoti o'rab olishdi. Kuper bilan fotosessiya boshlanib ketdi. Qizig'i, rasmga tushayotganlar orasida ayollar ham bor edi. Futbol muxlisalari.

SHuningdek, “SHarja” klubida to'p surayotgan terma jamoamiz yarim himoyachisi Otabek SHukurovni ham darrov muxlislar tanib qolishdi va u bilan ham “selfi-shou” bo'lib o'tdi. Osiyo Kubogidan qaytishda terma jamoamizning barcha azolari bilan mana shunday “selfi-shou” uchun navbatga turgan muxlislar ko'p bo'ladi, deb umid qilib qolamiz.


“Roda Al-Bustan” mehmonxonasi Dubay aeroportining yonginasida ekan. 5 daqiqalik yo'l yurib, mehmonxonaga etib oldik.


Futbolchilarga qisqa hordiq berilganidan keyin, mahalliy vaqt bilan soat 18:00da BAAdagi dastlabki mashg'ulot o'tkazildi. Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq. Go'yoki yanvar oyida qishdan yozga sayohat qilgandek bo'ldik. Futbol o'ynash uchun juda qulay ob-havo sharoiti.

Mashg'ulot biz joylashgan mehmonxonadan avtobusda 20 daqiqalik uzoqlikda joylashgan BAA futbol associaciyasiga qarashli maydonda o'tkazildi. Birinchi kun bo'lgani uchun futbolchilarga ko'p yuklamalar berilmadi. To'p bilan engil mashqlar bajarilganidan keyin, futbolchilar ikki guruhga bo'linib futbol o'ynashdi. Bunda himoyadan hujumga o'tish va raqib qarshi hujumga o'tganda himoyalanish bo'yicha mashg'ulot olib borildi.


Xudoga shukr, hamma safda. Jarohat bezovta qilayotganlar yo'q. Bu eng muhimi. BAAdagi birinchi kun mana shu tarzda o'tdi. Ertaga mashg'ulotlar yana davom etadi.

Yoqubjon Bobojonov, O'FA Matbuot xizmati boshlig'i
Dubay, BAA

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика