Osiyo Kubogi-2015ga 26 mart kuni qura tashlanadi
06 dek 2013 10:52
Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015ga 26 mart kuni qura tashlanadi
2015 yil Avstraliya mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogi final bosqichiga 2014 yil 26 mart kuni qura tashlanadi.
Marosim Sidney shahridagi "Opera House" binosida bo'lib o'tadi. Bu haqda OK-2015 rasmiy tvitteri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi-2015 saralashi keyingi yil 5 mart kuni yakuniga etadi. Hozirga qadar musobaqaga yo'llanma olgan 12ta jamoaning nomi aniq: Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, KXDR, Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Ummon, O'zbekiston, Qatar, Eron va Kuvayt. Qolgan 4ta yo'llanma o'z egalarini kutmoqda.
2015 yilgi Osiyo Kubogi 9-31 yanvar kunlari Avstraliyaning 5ta shahrida bo'lib o'tadi.

Fikrlar