Osiyo Kubogi-2015dagi tarkibimiz: “qariya”lar ezozda
14 jan 2015 09:50
Yangiliklar


Osiyo Kubogi-2015dagi tarkibimiz: “qariya”lar ezozda
Photo: afcasiancup.com
Milliy terma jamoa haqida maqola yozish – og'ir ish. CHunki sal noto'g'riroq fikr berib qo'ysang, muxlislar toshbo'roniga uchrashing aniq. Aslida to'g'ri fikr bersang ham toshdan qochib qutula olmaysan. CHunki muxlislarimizning o'zi MTJ haqida turlicha fikrda.
SHu sababli eng oson yo'l, terma jamoa haqida statistik maqola yozish. Bor raqamlarni aytasan, tamom. SHaxsiy fikrlarni esa, musobaqa tugagandan so'ng, yakuniy natijaga qarab, bemalol yozaverasan. Menimcha, shunisi qulay.
Demak, hozirgi maqolamiz O'zbekistonning Osiyo Kuboklari ilk o'yinida ishtirok etgan tarkibi haqida bo'ladi.
O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogida oltinchi marta ishtirok etmoqda va ilk o'yinga olti xil tarkib tushirilgan.
Agar tarkiblarni tahlil qiladigan bo'lsak, Osiyo Kubogining ilk o'yinida asosiy tarkibdan eng ko'p joy egallagan futbolchi, bu – Server Jeparov (2004, 2007, 2011, 2015).
SHuningdek, Timur Kapadze ham 4 marta Osiyo Kubogining ilk o'yinida ishtirok etgan, faqat 2004 yili u asosiy tarkibda emas, balki zaxiradan maydonga tushgan.
Futbolchilarimizdan Pavel Bugalo (1996, 2000, 2007) hamda Aziz Haydarov (2007, 2011, 2015) uch marta ilk o'yinda asosiy tarkibda ishtirok etish baxtiga musharraf bo'lgan. SHuningdek, zaxiradan tushganligini ham hisobga olsak, Nikolay SHirshov (1996, 2000, 2004) va Aleksandr Geynrix (2004, 2007, 2011) ham uch marta ilk o'yinda qatnashgan.
Endi asosiy tarkibdagi futbolchilar yoshini tahlil qilsak. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, Mirjalol Qosimov O'zbekiston MTJ tarixida Osiyo Kuboklarining ilk o'yiniga eng “qari” tarkibni tanlagan. 2007 yilgi Osiyo Kubogining ilk o'yinida bosh murabbiy Rauf Inileev tanlagan tarkib esa eng yosh tarkib bo'lgan.
O'zbekiston ishtirok etgan barcha Osiyo Kuboklarining ilk o'yinidagi tarkiblarning yosh tahlili quyidagicha:
Yil | O'rtacha yosh | Bosh murabbiy |
1996 | 27,9 | Baxodir Ibragimov |
2000 | 27,1 | Yuriy Sarkisyan |
2004 | 26,6 | Ravshan Xaydarov |
2007 | 25,5 | Rauv Inileev |
2011 | 28,1 | Vadim Abramov |
2015 | 29,5 | Mirjalol Qosimov |
1996 yilgi asosiy tarkib:
F.I.SH. |
Tug'ilgan yili |
Yoshi |
Pavel Bugalo |
1974 |
22 |
Fevzi Davletov |
1972 |
24 |
Farxod Magometov |
1962 |
34 |
Gennadiy Denisov |
1960 |
36 |
Eduard Mamotov |
1970 |
26 |
Sergey Lebedev |
1969 |
27 |
Ravshan Bozorov |
1968 |
28 |
No'mon Xasanov |
1971 |
25 |
Stepan Atoyan |
1966 |
30 |
Oleg SHackix |
1974 |
22 |
Igor SHkvirin |
1963 |
33 |
2000 yilgi asosiy tarkib:
F.I.SH. |
Tug'ilgan yili |
Yoshi |
Pavel Bugalo |
1974 |
26 |
Baxtiyor Ashurmatov |
1976 |
24 |
Andrey Fyodorov |
1971 |
29 |
Otabek SHomurodov |
1974 |
26 |
Davron Fayziev |
1976 |
24 |
Nikolay SHirshov |
1974 |
26 |
Mirjalol Qosimov |
1970 |
30 |
Sergey Lebedev |
1969 |
31 |
SHuxrat Raxmonqulov |
1971 |
29 |
Rustam Do'rmonov |
1969 |
31 |
Maksim SHackix |
1978 |
22 |
2004 yilgi asosiy tarkib:
F.I.SH. |
Tug'ilgan yili |
Yoshi |
Evgeniy Safonov |
1977 |
27 |
Andrey Fyodorov |
1971 |
33 |
Baxtiyor Ashurmatov |
1976 |
28 |
Asror Aliqulov |
1978 |
26 |
Aleksey Nikolaev |
1979 |
25 |
Andrey Akopyanc |
1977 |
27 |
Mirjalol Qosimov |
1970 |
34 |
Server Djeparov |
1982 |
22 |
Anvar Soliev |
1978 |
26 |
Vladimir SHishelov |
1979 |
25 |
Aleksandr Geynrix |
1984 |
20 |
2007 yilgi asosiy tarkib:
F.I.SH. |
Tug'ilgan yili |
Yoshi |
Pavel Bugalo |
1974 |
33 |
Xayrulla Karimov |
1978 |
29 |
Aleksey Nikolaev |
1979 |
28 |
Islom Inomov |
1984 |
23 |
Vitaliy Denisov |
1987 |
20 |
Aziz Ibragimov |
1986 |
21 |
Aziz Xaydarov |
1985 |
22 |
Timur Kapadze |
1981 |
26 |
Server Djeparov |
1982 |
25 |
Pavel Solomin |
1982 |
25 |
Ulug'bek Baqoev |
1978 |
29 |
2011 yilgi asosiy tarkib:
F.I.SH. |
Tug'ilgan yili |
Yoshi |
Ignatiy Nesterov |
1983 |
28 |
Saxob Jo'raev |
1987 |
24 |
Viktor Karpenko |
1977 |
34 |
Anzur Ismailov |
1985 |
26 |
Odil Axmedov |
1987 |
24 |
Jasur O.Xasanov |
1983 |
28 |
Aziz Xaydarov |
1985 |
26 |
Timur Kapadze |
1981 |
30 |
Server Djeparov |
1982 |
29 |
Maksim SHackix |
1978 |
33 |
Aleksandr Geynrix |
1984 |
27 |
2015 yilgi asosiy tarkib:
F.I.SH. |
Tug'ilgan yili |
Yoshi |
Ignatiy Nesterov |
1983 |
32 |
SHavkat Mullajonov |
1986 |
29 |
Vitaliy Denisov |
1987 |
28 |
Anzur Ismailov |
1985 |
30 |
Odil Axmedov |
1987 |
28 |
Akmal SHoraxmedov |
1986 |
29 |
Aziz Xaydarov |
1985 |
30 |
Timur Kapadze |
1981 |
34 |
Server Djeparov |
1982 |
33 |
Sanjar Tursunov |
1986 |
29 |
Igor Sergeev |
1993 |
22 |
Maqolani tayyorlashda http://uzfootball.uz/ sayti malumotlaridan foydalanildi.
Osiyo kubogi uchun maxsus jadvalni yuklab oling

Fikrlar