So’nggi yangiliklar

20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  3 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  0 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  1 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   1 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  4 19:13ПРО-Лига. "Бухоро" ўз уйида "Машъал"га имкониятни бой берди  7 19:10Расман: "Акрон" Артём Дзюба трансферини эълон қилди  4 18:47Де Брюйне "Ман Сити" сардори бўлишни истамайди  0 18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0 17:34"Sky Sports" трансляцияси туфайли АПЛ учрашуви вақти ўзгартирилди  4 16:32Ла Лигада ирқчилик туфайли ўйинлар қолдирилиши мумкин. Ҳакам 3 бор огоҳлантиради ва кейин ўйинни буткул тўхтатади  9 16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  4 15:29"Барселона" ва "Бавария" юлдузларини алишиши мумкин  14 15:01Мавсум охирида шартномаси якунланадиган Артета "Арсенал" билан келишиб олди  1 14:27Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1

Osiyo Kubogi-2015. Xitoyga yutqazdik Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Xitoyga yutqazdik

Osiyo Kubogi-2015 ikkinchi turi doirasidagi Xitoy - O'zbekiston uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
 
                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

90+3. O'YIN TUGADI. Xitoy O'zbekistonni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

90.
Asosiy vaqtga uch daqiqa qo'shib berildi

89.
Jasur Hasanov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, darvozabonga sovg'a...

88.
Uchrashuv tugashiga ikki daqiqa vaqt qoldi. Xitoylik Xao Junmin hozir To'xtaxo'jaevni chiroyli tarzda aldab o'tib hujumda ishtirok etdi.

84.
Sun Ke maydonga tushib o'yinni anchagina o'zgartirib yubordi. Bizda Hasanov ham, Rashidov ham uncha ko'rinishmayapti...

83.
O'yin tugab bormoqda. Vakillarimiz hozircha biron bir yaxshi hujum tashkil eta olishganicha yo'q.

81. O'zgarish. Xitoy.
Zang CHengdong o'rniga Liu Bin Bin tushdi

80.
Terma jamoamiz hujum tashkil qildi, ammo noaniq pas tufayli hujum to'xtadi.

79. Qovun tushishiga bir bahya qoldi! Anzur Ismoilov to'pni Nesterovga oshirishda no'noqlik qildi. Oqibatda xitoylik hujumchi sal qolsa darvozamizga gol urardi. Ignatiy bu vaziyatda yaxshi o'ynadi.

78.
Vang Dalei vaqtni cho'zmoqda, boshqa nima ham qilsin. Uning haqqi bor

77.
Xitoy o'zi uchun kerakli hisobni o'rnatdi va to'pni nazorat qilmoqda, hujumga o'tmoqda...Uyg'oninglar yigitlar!

76. Xavfli vaziyat!!! Hisob o'zgarishi mumkin edi. Xao Junmin 4 metr masofadan darvozaga aniq zarba bera olmagani bizning baxtimiz!

75.
Bugungi o'yinni tomosha qilish uchun stadionga 13674 nafar muxlis keldi.

72.
Jasur Hasanov o'ng qanotdan tezlik olib jarima maydoni yoniga yaqinlashib keldi va markazdagi sheriga to'pni oshirdi, himoyachi buni kutib turgan ekan...

71. O'zgarish. O'zbekiston.
Sanjar Tursunov o'rniga Jasur Hasanov tushdi

70.
Ha azizlar hisobda oldinda borib ikkita gol o'tkazdik... Endi gol urish kerak!

68. GOL! SUN KE! 2:1. To'pni jarima maydoniga yaqin joyda egallab ikki futbolchimiz orasidan darvozaga burama zarba berib Nesterovni ojiz qoldirdi - 2:1.

67. RASHIDOVVVV! Sardor raqib jarima maydoniga kirib borib Mei Fangni aldadi va zarba berdi. Biroq zarbasi kuchsizroq chiqdi, darvozabon o'z joyida

66. O'zgarish. Xitoy.
Gao Lin o'rniga Sun Ke tushdi

65.
Jarima to'pi bizga foyda keltirmadi, o'yindan tashqari holat yuzaga keldi.

65.
Sanjar Tursunov o'ng qanotda raqibni aldadi. Zang Linpeng uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.

63.
Xitoy yana bosimni kuchaytirmoqda. Zang CHengdongning zarbasi yo'liga To'xtaxo'jaev g'ov bo'ldi, Ismoilov to'pni maydon tashqarisiga chiqardi

61. O'zgarish. O'zbekiston.
Server Jeparov o'rniga Sardor Rashidov tushdi

59.
Kutib oling maydonga Sardor Rashidov tushmoqda

58. Denisov malades! O'z qanotidan oldinga o'tayotgan raqibni bir hamla bilan to'psiz qoldirdi.

56.
Hisob tenglashgach stadion anchagina jonlanib qoldi. Xitoyliklarning hayqiriqlari quloqni qomatga keltirmoqda

54. GOL! 1:1. Vu Ksi hisobni tenglashtirdi. Qanotdan oshirilgan to'pga chiqishda Nesterov kech qoldi, natijada bo'sh qolgan Vu Ksi osongina darvozani ishg'ol qildi.

51.
Vakillarimiz raqibga qarshi kuchli pressing
qo'llashmoqda. Xitoyliklar oldinga o'tishga qiynalishmoqda.

49. ZARBA!
Ikkinchi bo'limdagi ilk xavfli vaziyatni xitoyliklar tashkil etishdi. Vu Ksining zarbasidan so'ng Nesterov to'pni ushlab oldi

47.
Har ikkala jamoa safida bittadan o'zgarish bo'ldi. To'xtaxo'jaev uzoq muddatli tanaffusdan so'ng yana yashil maydonga qaytdi

46.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. O'zgarish. O'zbekiston.
SHavkat Mullajonov o'rniga Islom To'xtaxo'jaev tushdi

46. O'zgarish. Xitoy.
YU Xai o'rniga Xao Junmin tushdi

Dastlabki bo'limda kim yaxshi o'ynadi? Fikrlaringizni yozib qoldiring.

Tanaffus vaqtida o'yinning eng yaxshi muxlisi aniqlandi. Bu safar sovrin xitoylik muxlisaga nasib etdi

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:0 hiosbida oldindamiz

44. Yana Nesterovga balli! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Ignatiy qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

43.
Xitoy bo'lim so'nggida katta kuch bilan oldinga o'tdi, o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Mei Fang o'ziga bo'ysundira olmadi. Alan Perren janoblari o'z yordamchilariga nimalardir demoqda...uning Dilidan nimalar kechayotganini bilmaymiz

42.
Xitoyliklar yana qanotdan hujum uyushtirishdi, Gao Lin zarba berayotganda to'pni yo'qotib qo'ydi. Nesterov to'pni to'g'ri raqibga oshirib berdi, sal qolishga sal qoldiya!

41.
Yana Mullajonov raqibni yiqitmoqda. Hakam uni so'nggi bor og'izaki tarzda ogohlantirdi.

40.
Dastlabki bo'lim yakunlanib bormoqda. Hozircha hisobda oldindamiz. Lekin yana gol ursak yomon bo'lmasdi

39. Terma jamoamiz hujumda...
Temur Kapadze chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Jeparov kutilmaganda to'pni to'xtata olmadi

35. ZARBA! Uch nafar futbolchimiz raqibni chalg'itdi, Odil Ahmedovning erlab berilgan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi!

35. Ogohlantirish. Xitoy.
Reng Xang

35. Qanday vaziyat! Jeparov to'pni raqib himoyasidan o'tib ketayotganda Ren Xang uni qo'lidan ushlab qoldi. Hakam jarima maydoni chizig'i ustidan jarima to'pi belgiladi.

34.
Mullajonov va Ismoilov Gao Linga imkon berishmayapti. SHunday o'ynashda davom eting yigitlar!

31.
Qizig'i Ahmedovning zarbasi o'yindagi dastlabki aniq zarba bo'lgan ekan. Ana  shunaqa biz ham hujum qilmay turib gol ura olamiz.

29.
Goldan so'ng o'yin biroz sekinlashdi. Bu bizning foydamizga albatta. Xitoyliklarga tezkor o'yin taklif qilib bo'lmaydi

25. Xavfli vaziyat!!! Xitoyliklar chap qanotdan hujum qilishdi, Gao Linning zarbasi noaniq chiqdi!

24.
Mullajonov qo'pol o'ynamoqda. Unda sariq kartochka bor. Balki tanaffus vaqtida almashtirish kerakdir...

22. To'pni jarima maydoni yonida to'pni qabul qilib olgan Ahmedov to'pni darvozaga yo'lladi, to'p yo'l yo'lakay himoyachilardan biriga tegib xitoyliklar darvozasiga borib tushdi - 0:1 !!!!

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ODILLLLLLLLLLLLLLLLLLL! GOOOOOOOOOOOL! AHMEDOOOOOOOOOOOOOOV!

20.
Mirjalol Qosimov anchadan buyon maydon chetida turib shogirdlariga ko'rsatma bermoqda. Perrin esa goh gohida turib ko'rsatmalarni aytib turibdi

19.
Tan olish kerak Xitoy bizga nisbatan ancha engil o'ynamoqda.

18. Ogohlantirish. O'zbekiston.
SHavkat Mullajonov

17. ZARBAAAAAAAAAAA! AKMAL SHORAHMEDOV! O'ng qanotdan oldinga o'tgan himoyachimizning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Burchak to'pini himoyachilar qaytarishdi

16. Xavfli vaziyat! Jarima maydoni ichida Sergeev to'pni to'xtatdi, Tursunov darvozaga zarba berdi, to'p himoyachilardan biriga tegib qaytdi!

15.
Xitoyliklar maydon markazidagi xatodan foydalanib hujumga o'tishdi. Nesterov barchamizni tinchlantirdi.

13. Terma jamoamizning uzoq davom etgan hujumi! Futbolchilarimiz 2 daqiqaga yaqin to'pni o'zida saqlab turishdi. O'ng qanotdan SHorahmedovning uzatgan to'pini Jeparov darvozaga yo'llay olmadi. U raqib bilan to'qnashib ketdi. SHifokorlar yordamidan so'ng sardorimiz maydonga qaytadi.


11. Balli Nesterov! Jarima to'pidan so'ng Ignatiy mushtlari bilan to'pni uzoqlashtirdi

10. Xitoyning qanotdan tashkil etayotgan hujumlari anchagina xavfli chiqmoqda. Yuragimey senga rahmim kelib ketdi...odamni hayajonga solishmoqda.

8. Tursunov va Denisov chap qanotda kombinaciya tashkil etishdi, ammo Sanjarning to'p uzatishi biroz kuchli chiqdi.

7. Muxlislarimiz bir soniyaga bo'lsa ham hayqiriqlarni to'xtatayotganlari yo'q. Xitoyliklar esa asosan jamoa hujumga o'tsa jonlanishmoqda.

7. Sanjar Tursunov oldinga o'tib to'p uchun kurashib ko'rdi. Lekin Ren Xang unga hech qanday imkoniyat qolirmadi

6. Xitoy ketma ket ikki marta burchak to'piga ega bo'ldi. Zang CHengdong tomonidan yo'llangan zarba noaniq ko'rinish oldi.

5. Xavfli vaziyat!!! YU Xay chap qanotdan to'pni jarima maydonimizga uzatdi, Vu Lei to'pga zarba bera olmadi.

4. Xitoyliklar o'ng qanotdan hujum tashkil etishdi. Vitaliy Denisov hushyor o'ynab xavfni bartaraf etdi

3. Denisov chap qanotdan Sergeevni to'p bilan taminladi. O'tgan o'yin qahramoni to'pni o'ziga buysundira olmadi...hujum to'xtadi

2. Dastlabki hujumni xitoyliklar tashkil etishdi. Ammo berilgan zarba achagina noaniq ketdi

1. O'YIN BOSHLANDI! Faqat g'alaba!

- Malumot uchun Guruhdagi parallel uchrashuvda Saudiya Arabistoni KXDR ustidan yirik - 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

- O'yinni Xitoy terma jamoasi boshlab beradi. O'zbekiston terma jamoasi birinchi bo'limni maydonning o'ng tomonida o'ynaydi.

- Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga! Barcha birgalikda!

- Xitoy davlat madhiyasi yangramoqda

- Stadionda "pauk" kamera faoliyat olib bormoqda. Bu tasvirga olishda barchaga qulaylik qiladi.

- Diqqat qiling Xitoy hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari "Brisben" stadioni maydoniga tushib kelishmoqda....

- Futbolchilar stadion tunelida maydonga tushib kelishga tayyor! Boshlanmoqda azizlar!

- Kutilganidek stadionning kattagina qismini xitoylik muxlislar egallashmoqda...Son emas sifat borasida ularni engamiz degandi muxlislar klubi raisi Abdurahmon Fozilov. Bunga ishonamiz!

- Hayajon kuchli o'yin boshlanishiga oz vaqt qolmoqda...nasib qilsa bugun ham ijobiy natijaga erishamiz.

- Ikkala jamoa azolari o'yinoldi mashg'ulotni tugatib kiyinish xonasiga kirib ketishdi. Uchrashuv boshlanishiga oz muddat qolmoqda. Brisbenda yomg'ir yog'ishda davom etmoqda. Stadionning qulay tomoni shundagi muxlislar usti ham tom bilan yopilgan.

- Hozircha stadion deyarli bo'sh, lekin odamlar kelishda davom etmoqda.

- Stadiondagi muhit ajoyib. Ikkala jamoa futbolchilari o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda. O'zbekistonlik muxlislar o'z sektorlarini egallab jamoamizni qo'llab quvvatlashni boshlab yuborishgan.

- Assalomu alaykum qadrli futbolimiz muxlislari! Brisben shahridagi "Brisben" stadionidan barchaga alangali salom! Narzulla Saydullaev yaqin 90 daqiqa ichida sizlar bilan birga Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi o'yinni kuzatib boradi.

- O'yin mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toshkentda 14:00da) boshlanadi.



Xitoy - O'zbekiston 2:1 LIVE
14 yanvar 2015. Brisben. "Brisben" stadioni

Bosh hakam:
Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Qanot hakamlari:
Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla (BAA), Hasan Muhammad Hasan Al Mahri (BAA)
To'rtinchi hakam:
Xettikankanamage Perera (SHri-Lanka)
Beshinchi hakam:
Denie Gedara Xematunga (SHri-Lanka)
Nazoratchi:
Lennie Edvard Makgregor (Avstraliya)

GOL:
Odil Ahmedov 22, - 0:1. Vu Ksi 54, - 1:1. Sun Ke, 68 - 2:1.

O'zbekiston:
12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov (20.Islom To'xtaxo'jev, 46), 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov (4.Sardor Rashidov, 61), 9.Odil Ahmedov, 11.Igor Sergeev, 17.Sanjar Tursunov (15.Jasur Hasanov, 71), 18.Timur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal SHorahmedov.
Zaxiradagilar: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 6.Bahodir Nasimov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Lutfulla To'rev, 14.SHuhrat Muhammadiev, 16.Vohid SHodiev, 21.Akbar To'raev, 22.Farruh Sayfiev.

Xitoy: 23.Vang Dalei, 2.Ren Xang, 3.Mei Fang, 4.Jiang Zipeng, 5.Zang Linpeng, 7.Vu Lei, 10.Jeng Ji, 15.Vu Ksi, 17.Zang CHengdong (19.Liu Bin Bin, 81), 18.Gao Lin (16.Sun Ke, 66), 21.YU Xai (11.Xao Junmin, 46).
Zaxiradagilar: 1.Zeng CHeng, 6.Li Ang, 8.Kai Xuikang, 9. Yang Ksyu, 12.Yan Junling, 13.Liu Jiane, 14.Ji Ksiang, 20.YU Xanchao, 22.Lio Lisheng.

Ogohlantirishlar: SHavkat Mullajonov 18, Ren Xang 35,
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика