Osiyo Kubogi-2015. Terma jamoaning bugungi tayyorgarligi
28 fev 2014 18:56
Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Terma jamoaning bugungi tayyorgarligi
Xabaringiz bor, 5 mart kuni O'zbekiston – BAA o'rtasida Osiyo Kubogi-2015 saralash bahsi o'tkaziladi.
Milliy terma jamoamizning kechadan boshlangan yig'ini bugun davom ettirildi. Bugun tushdan keyin futbolchilar “Jar” stadioni yonidagi maydonda mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotda jami 13 nafar futbolchi qatnashdi.
Bular – Ignatiy Nesterov, Murod Zuxurov, Eldor Suyunov, Sardor Rashidov, Jasur Hasanov, Fozil Musaev, Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov, Aziz Haydarov, Ivan Nagaev, Vohid SHodiev, Akmal SHorahmedov va Sanjar Tursunov.
Dastlab futbolchilar engil chigalyozdi mashqlarni bajarishdi. Bunda mashg'ulotni katta murabbiy SHuhrat Maqsudov olib bordi. SHundan so'ng futbolchilar bosh murabbiy Mirjalol Qosimov boshchiligida asosiy mashg'ulotlarga o'tishdi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek Pyotr Gizimchuk ishladi.
Jamoa azolari endi yig'ilgani bois, shuningdek, aksariyat o'yinchilar terma ixtiyoriga hali etib kelmagani uchun Qosimov yigitlarga birmuncha engil yuklamalarni berdi. Futbolchilar to'p bilan ko'proq sportning engil atletika turiga yaqin mashqlarni bajarishdi. Yakunda ikkiga bo'lingan holda maydonning yarim qismida futbol o'ynaldi.
“Qizillar” darvozasini Murod Zuxurov, “Yashillar” darvozasini Eldor Suyunov qo'riqladi. Ignatiy Nesterov esa futbolchilar qatori maydonda to'p tepdi. Futbolchilar ettitadan ikkiga bo'linishdi. Katta murabbiy SHuhrat Maqsudov “Yashillar” tomonida bo'ldi.
“Qizillar”: Zuxurov, Mullajonov, SHorahmedov, Musaev, Nesterov, Nagaev, Hasanov.
“Yashillar”: Suyunov, To'xtaxo'jaev, Rashidov, Haydarov, Maqsudov, SHodiev, Tursunov.
SHunday qilib bugungi mashg'ulot mana shunday tarzda yakun topdi. Bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning aytishicha, terma jamoamiz to'liq tarkib bilan faqat 2 martdan boshlab shug'ullanish imkoniga ega bo'ladi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar