So’nggi yangiliklar

22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  0 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  1 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0

Osiyo Kubogi-2015. Quradan keyin guruhimizdagi murabbiylar fikri Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Quradan keyin guruhimizdagi murabbiylar fikri

Xabaringiz bor, kecha 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston termasi Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR jamoalari bilan “V” guruhidan joy oldi.

OFK rasmiy saytida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimizning fikr bildirishicha, guruhda yaqqol favorit yo'q va to'rttala jamoa ham keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib boradi. Ammo ko'pchilik Saudiya Arabistoni bilan O'zbekiston termasida imkoniyat yuqori demoqda.

Saudiyaliklar ustozi Xuan Ramon Lopes Karo bu borada shunday deydi: “To'g'ri, Saudiya Arabistoni anchadan beri xalqaro maydonlarda o'zini ko'rsata olmayapti, lekin bu safargi Osiyo chempionati umuman boshqacha bo'ladi. Har holda bizning jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz bor gap”.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik murabbiy Saudiyada ishlashni boshlaganidan beri terma jamoa 51 pog'ona yuqoriga ko'tarilib, FIFA reytingida 75-o'ringa chiqib oldi.

Xitoyni qabul qilib olganiga hali ko'p bo'lmagan Alan Perrin esa quradan xafa emasligini bildirdi: “Birinchi o'yinni Saudiyaga qarshi o'tkazamiz va bu bellashuv biz uchun juda muhim. Umuman olganda, qura natijalari yomon ko'rinish olmadi. Menimcha, guruhdagi hamma teng imkoniyatga ega”.

KXDR termasi 2012 yil bo'lib o'tgan OFK CHaqiruv Kubogida g'olib chiqqan holda Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHimoliy koreyaliklar uchun 1980 yilgi chempionat unutilmas bo'lgan. O'shanda jamoa Xitoy, Suriya va Eronga qarshi bahs olib borib, guruhdan chiqa olgandi.

Hozirda KXDR termasini 2010 yil o'tkazilgan U-19 Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan Yung Jong Su boshqaryapti. Uning fikrlari saytda chiqmadi, chunki shimoliy koreyaliklar ustozi qura tashlash marosimiga tashrif buyurmadi.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика