So’nggi yangiliklar

17:47Ўзга олам вакиллари  0 17:40Про лига. "Жайхун" – Олимпик-MobiUz" (онлайн ҳисоб)  0 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  1 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  3 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  4 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  1 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  5 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  14 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  10 14:00​Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг апрель ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 13:59Пляж футболи бўйича Жаҳон чемпионати. Япония ва Эрон кейинги босқичда  1 13:42"Пахтакор" Педру Морейра қисқа таътилга чиққанини эълон қилди. Жамоани вақтинча Камолиддин Тожиев бошқаради  18 13:27"Челси" футболчиси "Фламенго" диққат марказида  0 12:53"Ямални икки футболчи қўриқлайди" — Симоне Инзаги  23

Osiyo Kubogi-2015. Eng yaxshi beshta darvozabon Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Eng yaxshi beshta darvozabon

Navbatdagi Osiyo Kubogi boshlanishiga ham tobora oz vaqt qolmoqda.
Musboaqa rasmiy sayti Osiyo chempionatida o'ynaydigan eng yaxshi besh nafar darvozabon nomini keltirib o'tdi. Endi bu darvozabonlardan kimlar o'zini ko'rsatishini musobaqa davomida bilib olamiz.

Mettyu Rayan (Avstraliya)
Mark SHvarcer 2013 yil terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng avstraliyalik ko'plab darvozabonlarga terma jamoa eshigi ochildi. Bungacha SHvarcer kamida besh yildan beri almashtirib bo'lmas darvozabon bo'lib kelayotgandi. Keyin esa Mettyu Rayan yarq etib porlab chiqdi. "Sentral Koast" safida uch mavsum o'ynab ko'pchilikka tanilgan yosh Rayan bu orada mamlakat chempioni bo'lishdan tashqari ikki bor "Eng yaxshi yosh o'yinchi" deb topildi. Keyinchalik Rayan o'z faoliyatini davom ettirish maqsadida Belgiyaning "Bryugge" klubiga yo'l oldi. Va o'zining Evropadagi birinchi mavsumidayoq "Eng yaxshi darvozabon" deb topildi. Mett Rayan Braziliyada o'tgan jahon chempionatida ham jamoasi darvozasini qo'riqladi. Endi u Osiyo chempionatida ham o'zini ko'rsatmoqchi.

Volid Abdulla (S.Arabistoni)
Volid Abdulla Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi safida katta o'rin tutadi. U 2007 yildan beri terma libosida o'ynab kelmoqda. "Al SHabab" posboni shu yilning kuzida o'tkazilgan "Ko'rfaz kubogi"da ham terma jamoa darvozasini qo'riqladi. 28 yoshli posbon uchun Avstraliyada bo'ladigan qita birinchiligi ikkinchi Osiyo chempionati hisoblanadi.

Ali Al Habsi (Ummon)
Ummon futboli yulduzlaridan biri Ali Al Habsi ketma-ket uchinchi bor Osiyo Kubogida qatnashishga tayyor. U o'z terma jamoasining eng ishonchli darvozaboni va sardori hisoblanadi. Terma jamoa safida 92ta o'yinda maydonga tushgan Al Habsi tez orada 100-uchrashuvini o'tkazishi mumkin.

Eyji Kavashima (Yaponiya)
Yaponiya hech qachon darvozabonlar tayyorlab beradigan futbol mamlakati bo'lmagan, lekin Eyji Kavashimaning etishib chiqqani bundan mustasno. "Samuraylar" tarkibida 50dan ziyod o'yin o'tkazgan Kavashima hech shubhasiz Yaponiya termasining asosiy posboni hisoblanadi. 2011 yilgi musobaqaning yarim finalida u koreyaliklarning penaltidan tepgan ikkita to'pini qaytargandi. Eyji Kavashima Yaponiyaning uchta klubida to'p tepgan. JCH-2010dan so'ng Belgiyaga yo'l olib, avvaliga "Lers", keyin "Standart" bilan shartnoma imzoladi. U hozir ham shu klubda faoliyatini davom ettirmoqda.

Alirizo Xagigi (Eron)
26 yoshli Alirizo Xagigi ham muxlislarga juda tez tanildi. U jahon chempionatida o'zini ko'rsata oldi, xususan Argentina bilan kechgan bahsda 90 daqiqa davomida o'z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi. Biroq qo'shib berilgan daqiqalarda Messining qanday gol urgani yodingizda bo'lsa kerak. Xagigi 18 yoshidayoq "Piruzi"ning asosiy tarkibidan joy oldi. Keyinchalik Rossiyaning "Rubin" klubiga yo'l olgan eronlik darvozabon o'zini unchalik namoyish eta olmadi va "Piruzi"ga qaytdi. Xagigi shu yil o'tkazilgan jahon chempionatidan so'ng yana tilga tusha boshladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика