Osiyo Kubogi-2015. Al SHamroni musobaqani o'tkazib yuboradi
10 jan 2015 09:37
Yangiliklar


Osiyo Kubogi-2015. Al SHamroni musobaqani o'tkazib yuboradi
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi hujumchisi Nosir Al SHamroni jarohat olib uzoq vaqtga safdan chiqdi.
Natijada u Osiyo Kubogini to'liq o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Yaxshi bilasiz, S.Arabistoni biz bilan bir guruhda joy olgan va ular bugun ilk uchrashuvni Xitoyga qarshi o'tkazishadi. Saudiyaning o'yini terma jamoamiz ishtirokidagi bellashuv yakuniga etganidan so'ng boshlanadi.
Malumki, Nosir Al SHamroni o'tgan mavsum yakuunlariga ko'ra "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" nomini qo'lga kiritdi. Saudiyaliklar bosh murabbiyi Kosmin Olariu avvaliga hujumchining jarohati jiddiy emasligi haqida gapirgandi, biroq keyinchalik uning jarohati baribir og'ir bo'lib chiqdi. Eslatib o'tamiz, Nosir Al SHamroni musobaqa boshlanishidan oldin J.Koreya bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgandi.

Fikrlar