So’nggi yangiliklar

23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  1 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  0 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  8 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  3 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  7 19:13ПРО-Лига. "Бухоро" ўз уйида "Машъал"га имкониятни бой берди  10 19:10Расман: "Акрон" Артём Дзюба трансферини эълон қилди  4 18:47Де Брюйне "Ман Сити" сардори бўлишни истамайди  0 18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0

Osiyo Kubogi-2011ni yod olib Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2011ni yod olib

Teglar :  Osiyo Kubogi 2011
2010 yilning noyabr oyida "Championat.asia" sayti o'z faoliyatini boshlagan edi. Oradan 1,5 oy o'tib Qatardagi Osiyo Kubogiga boradigan bo'ldik.

Osiyo Kubogi-2007da Ulug'bek Mirzaev va Hasan Pirmuhamedov O'zbekistondan qita chempionatida OAV sharafini "himoya" qilgan edilar. Qatarda saf ancha kengaydi. Bular - Hasan Pirmuhamedov (O'FA), Behzod Nazarov ("Futbol Ekspress"), Bahodir Mirzaev ("Bunyodkor"), Ahadxon Abduhamidov va Kamoliddin Alimov ("Inter Futbol"), SHuhrat SHokirjonov (uff.uz), Aleksey Glazunov (bloger) va Hasanali ota (bloger). OAV o'rtasida raqobat kuchli bo'lgan payt edi. Qisqasi men, Behzod Nazarov va "Inter futbol" vakillari bitta mehmonxonaga joylashdik. Ko'pchilik qatori chiptalarimiz guruh o'yinlaridan kelib chiqib olingandi. To'g'risi, o'sha musobaqada terma jamoaga bo'lgan ishonch katta bo'lmagan.Yodimda, musobaqa boshlanishiga ikki kun qolganida, 5 yanvar kuni "Xalifa" stadioni yonidagi mashg'ulot maydoniga kirib kelganimizda, 4 nafar OAV vakilini ko'rgan delegaciya vakillari hayron qolgan edilar. U paytlar OAVning chet el musobaqalarida qatnashishi kamdan-kam kuzatilardi. Bir kun o'tib esa matbuot anjumanida boshqa mehmonxonada istiqomat qilayotgan hamkasblarimiz ham qo'shilganida Abramovning hayrati oshgandi. O'yinoldi matbuot anjumanida Ahmedov va Abramov ishtirok etgandi. Eng qizig'i shundaki, o'yinoldi matbuot anjumanlarining deyarli barida Abramovga Ahmedov hamrohlik qilgan. Faqat Avstraliyaga mag'lubiyaga uchralgach Janubiy Koreyaga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan tadbirda Aziz Haydarov qatnashgan.


O'yindan oldin Qatar nashrlarida shunday karikatura chiqqan edi.

Bu Osiyo o'yinlaridan keyin Qatar tashkil qilayotgan keyingi yirik musobaqa edi. Qolaversa, OFKning o'sha davrdagi prezidenti janob bin Hammam ham mezbon kishi sifatida musobaqani har tomonlama yuqori saviyada o'tishini taminlay olgan edi. Qatarda jamoalar, muxlislar va OAVga yaratilgan sharoit keyinchalik biron bir yirik musobaqada kuzatilmadi. Na Olimpiada, na JCH, na Evrolarda. Hattoki, keyingi OK mezboni bo'lgan Avstraliya vakillari musobaqa paytiyoq aytgan edilar, "bizdan bunday sifatni kutmang", deb.

Butun Qatar bor etiborini ochilish o'yiniga qaratgan edi. Odatda qura tashlash marosimida mezbonga engillik taqdim etiladi. O'zbekiston terma jamoasiga ko'pchilik bu qadar ishonmagan edilar. Qatarliklar ham o'yin oldidan uch ochkoga deyarli ega bo'lib ulgurgan edilar. Mahalliy nashrlarda chiqqan karikaturalar ham bunga misol bo'la oladi.

O'yin kechagidek yodimda, men qarama-qarshi darvoza ortida turibman. Bir payt Aziz to'pni Odilga etkazdi, Odilning "pushka"sidan otilgan to'p to'ppa-to'g'ri darvoza to'riga tushdi. Aynan shu gol O'zbekiston milliy terma jamoasining qita chempionatidagi tarixini o'zgartirib yubordi. Nafaqat terma jamoaning, balki musobaqaga kelgan skautlarning rejalarini ham.




Ikkinchi goldan keyin Qatar hech nima qila olmadi. Bizning oldimizda turgan vazifa ortga qaytish uchun olingan chiptalarni boshqa kunga o'zgartirish bo'ldi. Bu safar chiptalarni musobaqaning so'nggi kuniga qadar olib qo'yishga qaror qildik, yana bir marotaba o'zgartirib o'tirishni istamadik. Xitoy terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin media markaz huvillab qoldi. 200 nafarga yaqin xitoylikni uyga ravona qilgandik.

Aynan mazkur OK saytimiz faoliyatiga jiddiy tasir o'tkazdi. Yani tezkor ishlashni o'rgandik. Bu paytga kelib Osiyoning rivojlangan davlatlari allaqachon tezkor axborotni berish tizimiga o'tib bo'lgan edilar. Bizda esa bu paytda saytlar endi-endi tuzilayotgan paytlar, hali ham asosiy etibor gazetalarda edi. Ahadxon aka "Inter futbol" gazetasini o'sha erda ham chiqarib, futbolchilarga tarqatar edi. Qisqasi, zo'r o'tgan musobaqa.

Iordaniyaga qarshi kechgan 1/4 final o'yini oson o'tmagan. O'z paytini poylab o'tirgan Ulug'bek Baqoev mana shu o'yinda terma jamoa joniga oro kiradi. Baqoev 4 daqiqa ichida dubl qayd etgach, Iordaniya hisobni qisqartirishga erishadi. Keyin Nesterov jarohat oldi. Iordaniyaning hujumlari tezlashdi. Timur Jo'raev esa aynan shu kuni juda ko'p seyvlarni qila olgandi, afsuski keyingi o'yinda...

Avstraliya - O'zbekiston o'yini oldidan kutilmaganda biz favorit sifatida qayd etila boshladik. OAV O'zbekiston haqida bot-bot gapirardi. Bir kun oldin bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda Nesterov asosiy posbon sifatida mashg'uot o'tkazdi. Lekin o'yin boshlanishiga bir necha soat qolganida maydonga tushma olmasligini aytgan. Bir kun avval ikkinchi bo'lib shug'ullangan Jo'raev asosiy tarkibdan joy oldi. O'sha o'yin gollarini qayta-qayta ko'rsangiz, faqat beshinchi goldagina Timurning aybini ko'rasiz. Ungacha bo'lgan gollar qarshi hujumdan o'tkazilgan bo'lib, Abramov bu taktikasini Avstraliyaga qarshi himoyaviy o'yin qilib bo'lmasligi bilan izohlagandi. Bir o'yin avval qahramon bo'lgan Ulug'bek Baqoev hisob 3:0 bo'lib turgan paytda qizil kartochka olib maydonni tark etganidan keyin, yana 3ta gol darvozamiz to'ridan joy oldi. Bu o'yinni biron futbolchimiz eslagisi kelmasa ham kerak.

Ravshan Ermatov guruhi JCHdan keyingi qahramonlar sifatida OK finalida ishlagan edi

Terma jamoa ichi va tashqarisida kayfiyat tushib ketgandi. Biz OAV vakillari tanqid qilishni ham bilmaymiz. CHunki barchamiz Osiyo Kubogi bilan yashayotgan edik. Alamli kun edi. Media markazga borishga uyalamiz. Lekin Janubiy Koreyaga qarshi o'yingacha terma jamoa o'ziga kelib olishning uddasidan chiqdi. To'g'ri, uchinchi o'rin uchun bahsda imkoniyat boy berildi. Lekin kechagi Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o'yindan tubdan farq qilgan uchrashuv edi. Avvaliga 3:0. Yana Avstraliya bilan bo'lib o'tgan voqea takrorlanadigandek. Lekin Geynrix gol urib tanaffusga 3:1 hisobida chiqib ketishimizni taminladi. Ikkinchi bo'lim boshida Sasha yana gol urdi, o'yin oxirlarida Salomovda juda qulay imkoniyat bo'lgandi. Ikkinchi bo'lim bizning ustunligimizda o'tgan bo'lsa-da, koreyslar hisobni ushlab qola olgan edilar.

Terma jamoamizning muvaffaqiyatidan kelib chiqib shu musobaqada to'liq ishlay olgandik. Musobaqaning ochilish marosimidan, to finalgacha "Xalifa" stadionida bo'ldik. Musobaqa yakuniga etganidan keyin ko'plab futbolchilarimiz xorij chempionatlariga yo'l oldilar. O'zbekiston milliy terma jamoasi esa Osiyoda yangidan hurmat qozondi.

Mirabror Usmonov davrida o'zbek futboli keskin oldinga qadam tashladi. O'zbekiston futboli Osiyoda o'z o'rniga ega bo'ldi.

Avaz Berdiqulov doimo O'zbekiston terma jamoasiga amaliy yordam berib kelayotgan mutaxassislardan biri. Ochilish marosimidan so'ng olingan surat.


Fan zonada tashkil etilgan O'zbekiston kunida milliy estradamiz vakillari tashrif buyurgan edilar. Tabiiyki undagi fayzni muxlislarimiz olganlar.

Finaldan keyin o'zining TO'RTINCHI Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Hasan Pirmuhamedov bilan

Keyingi maqolada Osiyo Kubogi-2015ni xotirlaymiz.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика