So’nggi yangiliklar

20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  0 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  0 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  8 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  32 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  12 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  20

Osiyo Kubogi-1984. Saudiya Arabistonining ilk sovrini Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1984. Saudiya Arabistonining ilk sovrini

9 yanvar kuni Avstraliyada hisob bo'yicha 16-Osiyo Kubogi start oladi. Saytimiz o'quvchilariga oldingi 15ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

1984 yilgi qita chempionati Singapurda bo'lib o'tgan. Bu musobaqada ham o'tgan safargidek 10ta jamoa ishtirok etdi, 5tadan jamoa ikki guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib borishdi. Sakkizinchi Osiyo Kubogida Singapur, Quvayt, Xitoy, Hindiston, Eron, Qatar, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya va BAA terma jamoalari qatnashishdi. Dekabrda tashkil etilgan musobaqa Kallang shaharidagi “Milliy” stadionida bo'lib o'tdi.


Finalda Saudiya Arabistoni terma jamoasi Xitoy bilan to'qnash keldi. Hal qiluvchi bahsda arablar 2:0 hisobida g'alaba qozonib ilk bor qitada chempion bo'lishgan. Etiborlisi Saudiya Arabistoni aynan mana shu Osiyo Kubogida debyut qilgan va yakunda chempion bo'lgandi.


Osiyo Kubogi-1984
Mezbon mamlakat: 
Singapur

Muddati: 1 – 16 dekabr

Jamoalar soni: 10ta

Mezbon shahar: 1ta


Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
24ta

Gollar soni: 44ta (o'rtacha 1,83tadan)

To'purarlar: Jia Ksiukuan (Xitoy), SHoxrux Bayani (Eron), Nosir Muhammadxani - 3tadan gol

Eng yaxshi futbolchi: Jia Ksiukuan (Xitoy)

Eng yaxshi darvozabon: Abdulloh Al Deayya (Saudiya Arabistoni)

“Feyr pley” sovrini: Xitoy


#

Aguruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Saudiya Arabistoni

4

2

2

0

4-2

6

2

Quvayt

4

2

1

1

4-2

5

3

Qatar

4

1

2

1

3-3

4

4

Suriya

4

1

1

2

3-5

3

5

Janubiy Koreya

4

0

2

2

1-3

2



#

Bguruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Xitoy

4

3

0

1

10-2

6

2

Eron

4

2

2

0

6-1

6

3

BAA

4

2

0

2

3-8

4

4

Singapur

4

1

1

2

3-4

3

5

Hindiston

4

0

1

3

0-7

1



Yarim finallar

13 dekabr

Saudiya Arabistoni – Eron 1:1 (penaltilar seriyasi 5:4)
Gollar:
SHahin Bayani 88 avtogol – SHoxrux Bayani 43


14 dekabr

Xitoy – Quvayt 1:0
Gollar:
Li Xuayun 108



3-o'rin uchun o'yin

16 dekabr

Eron – Quvayt 1:1 (penaltilar seriyasi 3:5)
Gollar: 
Muhammadxani 80 – Al Haddad 26


FINAL

16 dekabr

Saudiya Arabistoni – Xitoy 2:0
Singapur. “Milliy” stadion. 26 000 tomoshabin
Hakam: 
SHiziuo Takada (Yaponiya)

Gollar: Al Nafisah 10, Abdulloh 56



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика