Osiyo Kubogi. 1/4 final juftliklari aniqmi?
19 jan 2015 18:37
Yangiliklar


Osiyo Kubogi. 1/4 final juftliklari aniqmi?
Eron - BAA uchrashuvi guruh g'olibini aniqlab bergan bo'lsa, Bahrayn va Qatar turnirdagi ilk ochko uchun kurash olib bordilar. Kutilmaganda Qatar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, so'nggi yillardagi eng yomon natijasini qayd etdi.
Ertaga musobaqaning guruh o'yinlari yakuniga etadi. Yaponiya terma jamoasi Iordaniya bilan, Iroq esa Falastinga qarshi maydonga chiqadi. Ikkala o'yin g'olibini avvaldan bashorat qilish qiyin emas. Yaponiyani durang ham birinchi o'rinda olib qoladi. Iroqning Falastin bilan o'yinda ochko yo'qotishiga hech kim ishonmasa kerak. Agar barchasi taxmin qilganimizdek bo'lsa, u holda chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish oladi.
1/4 final
1. Janubiy Koreya - O'zbekiston (22 yanvar, 12:30)
2. Xitoy - Avstraliya (22 yanvar, 14:30)
3. Eron - Iroq (23 yanvar, 11:30)
4. Yaponiya - BAA (23 yanvar, 14:30)
1/2 final
A. 1 juftlik g'olibi - 3 juftlik g'olibi
B. 2 juftlik g'olibi - 4 juftlik g'olibi
3-o'rin uchun
A juftligi mag'lubi - B juftligi mag'lubi
Final
A juftligi g'olibi - B juftligi g'olibi
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar