So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  2 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  2 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  21 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

Osiyo futbolidagi etiborga molik transferlar (1-11 iyul) Yangiliklar

Osiyo futbolidagi etiborga molik transferlar (1-11 iyul)

Yaqin o'n kun ichida ro'y bergan Osiyoga bog'liq transferlar bilan tanishtirib o'tamiz.

11 iyul. Avstraliyaning "Melburn Viktori" klubi ispaniyalik 31 yoshli himoyachi Alan Baroni o'z safiga qo'shib oldi.

9 iyul. Senegal terma jamoasi hujumchisi Papiss Sisse "Nyukasl"ni tark etib, "SHandong Luneng" bilan shartnoma imzoladi. Eslatib o'tamiz, bu jamoani germaniyalik murabbiy Feliks Magat boshqarmoqda.



8 iyul. Avstraliyalik darvozabon Bred Jons Gollandiyaning "Feyenoord" klubiga qo'shildi.

8 iyul. Janubiy Koreyalik himoyachi Kvak Tay Xvi "Al Hilol"ni tark etib, oldingi jamoasi "FK Seul" bilan bitimga imzo chekdi.



7 iyul. Xitoy superligasi vakili "Beyjing Goan" o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeevni ijara asosida o'z safiga qo'shib oldi.



4 iyul. O'z tarixida birinchi bor OCHL chorak finaliga yo'l olgan "Lokomotiv" turkmanistonlik legioner Artur Gevorkyanni o'z tarkibiga qo'shib oldi.


4 iyul. O'z vaqtida "Liverpul"da to'p tepib muxlislar etiborini qozongan Floran Sinama-Ponol Tailandning "CHaynat Xornbill" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

3 iyul. Angliyaning eng nomdor klublaridan biri "Arsenal" yaponiyalik Takumo Asanoni tarkibga qo'shib oldi.



2 iyul. "Lokomotiv"ning OCHLdagi raqbi "Al Ayn" ikki nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi: BAA terma jamoasi vakili Amir Abdulrahmon va braziliyalik yarim himoyachi Kayo.

1 iyul. Eronlik yosh yarim himoyachi Ali Karimi "Sepaxon"ni tark etib, Xorvatiya klubi "Dinamo" Zagreb bilan kelishuvga erishdi. U yangi jamoasi bilan besh yilga mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика