Osiyo futboli. Janubiy Koreya Turkiyada yig'in o'tkazadi va ikkita o'yin o'ynaydi
29 dek 2021 15:26
Yangiliklar
Osiyo futboli. Janubiy Koreya Turkiyada yig'in o'tkazadi va ikkita o'yin o'ynaydi
JCH saralash bosqichining navbatdagi o'yinlariga tayyorgarlik uchun Janubiy Koreya terma jamoasi Antaliyada yig'in o'tkazadi.
Yanvarda tashkil etiladigan yig'in davomida koreyaliklar ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Dastlabki o'yin 15 yanvar kuni Islandiya bilan, ikkinchisi 21 yanvarda Moldova terma jamoasiga qarshi kechadi.
Janubiy Koreya bosh murabbiyi Paulu Bentu mazkur yig'inga 26 nafar futbolchini jalb etdi. Ro'yxatdan asosan mahalliy futbolchilar o'rin olgan. Evropada to'p tepayotgan legionerlar esa faqat rasmiy bahslarga chaqiriladi.
Janubiy Koreya terma jamoasi JCH saralash bosqichining navbatdagi tur uchrashuvini 27 yanvar kuni Livan hamda 1 fevralda Suriyaga qarshi o'tkazadi. Turnir jadvalida koreyaliklar Erondan so'ng ikkinchi o'rinda borishyapti.
Fikrlar