So’nggi yangiliklar

00:36Моуринью дисквалификация қилинди  0 00:18АПЛ. 27-турнинг сўнгг ўйини асосий таркиблари маълум қилинди  1 23:59А Серия. "Болонья" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  2 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  3 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  2 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  5 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  1 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  7 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  4 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  2 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  23 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  2 18:41Себальос мушак жароҳати туфайли сафдан чиқди  1

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Osiyo futboliga oid bazi qiziqarli malumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: Osiyo Kuboklari tarixida ekstra taymlarda eng ko'p o'ynagan terma jamoa qaysi? 

Javob: Janubiy Koreya. Ikki bor Osiyo chempioni bo'lgan bu jamoa 1956 yildan beri shu paytgacha 14 marta ekstra taymlarda to'p tepgan. Eng oxirgi ekstra taym 2019 yilgi musobaqada ro'y bergan bo'lib, Janubiy Koreya 1/8 finalda Bahraynni mag'lub etgandi. 


Savol: Jahon chempionatlarida eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchi kim?

Javob: Tim Keyxill. Avstraliya terma jamoasi sobiq sardori mundiallarda jami 5ta gol urgan. Keyingi o'rinda 4ta gol bilan Keysuke Xonda turibdi. Park Ji Sung bilan Sami Al Jaber hisobida uchtadan gol bor.


Savol: Jahon chempionatlarida chorak finalga chiqqan birinchi Osiyo jamoasi qaysi? 

Javob: KXDR termasi. SHimoliy koreyaliklar 1966 yilgi mundialda chorak finalga qadar borishgandi.


Savol: SHu paytgacha mundiallarda Osiyo jamoalari necha marta Evropa vakillariga qarshi bahs olib borgan? 

Javob: 79 marta. Mana shu 79ta o'yinning atigi 10tasida osiyoliklar zafar quchgan. Evropa vakillariga qarshi eng ko'p o'yin o'tkazgan Osiyo jamoasi Janubiy Koreya hisoblanadi. 


Savol: 1966 yildan beri jahon chempionatlarida bitta o'yinda eng ko'p muvaffaqiyatli to'p uzatishni amalga oshirgan terma jamoa qaysi? 

Javob: Eron terma jamoasi. Eron 2014 yilgi mundialda Argentina bilan bahsda 98ta aniq pasni amalga oshirgan. Biroq o'sha o'yinda forslar 0:1 hisobida yutqazib qo'yishgandi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика