So’nggi yangiliklar

22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  2 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2

Osiyo futboli. Dalich Eron uchun qimmatlik qilyapti Yangiliklar

Osiyo futboli. Dalich Eron uchun qimmatlik qilyapti

Teglar :  EronZlatko Dalich
JCH-2018 qahramonlaridan biri Zlatko Dalichga ko'plab jamoalarning qiziqayotgani bor gap.

Eron saytlaridan birining yozishicha, futbol federaciya rahbariyati xorvatiyalik murabbiyga taklif bilan chiqqan, biroq Dalich so'ragan maosh ularni qoniqtirmagan. Xorvatiya mundialda ikkinchi o'rinni olganidan so'ng ushbu murabbiyga bo'lgan qiziqish nihoyatda ortib ketdi. Dalichga Erondan tashqari Yaponiya, Misr va O'zbekiston ham qiziqyapti deb yozadi Eron nashri.

Lekin Dalich forslarning taklifiga yillik maoshim 5 million dollar bo'ladi deb javob berdi. Bu esa Eron uchun qimmatlik qilyapti. 51 yoshli mutaxassis bu haqda shunday dedi: "Xohlaysizmi-yo'qmi, men dunyoda Dide Deshamdan keyin ikkinchi murabbiyman. Ammo men so'rayotgan maosh ayrim murabbiylar olayotgan pul oldida juda kichik miqdor, xolos. Ishoning, pul hammaga kerak, lekin men uchun birlamchi o'rinda emas. Mening shundoq ham Xorvatiya bilan ikki yillik shartnoma bor, balki qolib oxirigacha ishlarman. Lekin mart oyida jahon chempionatidan so'ng ketaman deb o'z-o'zimga aytib qo'ygandim".

SHu o'rinda savol tug'iladi: Eron nima uchun Zlatko Dalichga qiziqib qoldi? Gap shundaki, portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush hali forslar bilan yangi bitimga imzo chekkani yo'q. Bu esa Eronning boshqa variantlar ustida ham bosh qotirishi lozimligini ko'rsatmoqda. SHu bois ham federaciya Dalich bilan muzoakara o'tkazishga urinib ko'rdi. Bundan tashqari, xorvatlar Eron uchun nihoyatda omadli murabbiylar hisoblanadi.

Masalan, hozirgi paytda Eron U-23 terma jamoasini Zlatko Kranchar boshqarmoqda va Osiyo o'yinlariga tayyorlamoqda. Branko Ivankovich shu mavsum "Persepolis"ni chempionlik shohsupasiga boshlab keldi. Terma jamoaning 1998 yilgi jahon chempionatida qatnashishiga Tomislav Ivichning qo'shgan hissasi katta bo'lgandi. 1994-95 yil esa Stanko Poklepovich ikki bor "Persepolis" bilan chempionlikni nishonlagan. Agar Keyrush baribir ketadigan bo'lsa, unda Eron boshqa bir xorvatiyalik murabbiy Slaven Bilichga taklif bilan chiqadi. Ushbu murabbiy hozirda hech qaerda ishlayotgani yo'q. Uning oxirgi jamoasi "Vest Xem" bo'lgandi. Nima bo'lgan taqdirda ham Eron FF tez orada bosh murabbiy masalasini hal qilib olmoqchi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика