Osiyo futboli. "Al Duhayl" juda qiziq transferni amalga oshirdi
07 iyu 2019 15:01
Yangiliklar


Osiyo futboli. "Al Duhayl" juda qiziq transferni amalga oshirdi
Osiyo chempionlar ligasining 1/8 finaliga tayyorgarlik ko'rayotgan "Al Duhayl" o'z safiga iroqlik futbolchini qo'shib oldi.
Etiborlisi, ushbu transfer juda qiziq tarzda amalga oshirildi. Qatar klubi Mohanad Ali uchun 2 million dollar to'lashdan tashqari uning jamoasi "Al SHurta"ga avtobus olib beradigan, shuningdek kelajakda ushbu klubdan boshqa har qanday o'yinchini xarid qilsa 20 foizlik chegirmaga ega bo'ldi.
Futbolchining o'zi "Al Duhayl" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi va yillik maoshi 1,25 million dollar bo'ladi. Mohanad Ali "Al SHurta" - "Al Minaa" bahsidan so'ng "Al Duhayl" safiga borib qo'shiladi. Qatarliklar jamoani tarkb etib Greciyaning "Olimpiakos" klubiga o'tib ketgan Yusef Al Arabi o'rniga Osiyo Kubogi-2019da porlagan Mohanad Alini taklif etishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar