Osiyo CHempionlar Ligasi: Turnirning muhim jihatlari
10 dek 2014 16:32
Yangiliklar

Osiyo CHempionlar Ligasi: Turnirning muhim jihatlari
CHempionlar ligasida O'zbekiston jamoalari uchun 2015 va 2016 yillarda 3+1 o'rni berilgani barchamizni xursand qildi.
2014 yil guruh bosqichida faqat bir klub qatnashgani sababli avvalgidek qaynoq muhitni his qilmagandik. Endi esa kamida har turda uchtadan o'yin guvohiga aylanamiz. Bu raqam 4tani tashkil qilishi ham mumkin. Kuni kecha OFK rasmiy saytida OCHLning 2015 yilgi reglamenti havola etildi. Undagi eng muhim jihatlarni o'quvchilarimiz bilan o'rtoqlashib o'tamiz.
11 dekabr kuni musobaqaning guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Unda jamoalarimizning qaysi klublar bilan raqiblik qilishini bilib olamiz. OFK belgilagan taqvimga ko'ra, qaysi savatdan o'rin olishiga qarab turdagi juftliklar quyidagicha ko'rinish oladi:
1-tur: 1 v 4; 3 v 2
2-tur: 4 v 3; 2 v 1
3-tur: 4 v 2; 1 v 3
4-tur4: 2 v 4; 3 v 1
5-tur: 4 v 1; 2 v 3
6-tur: 1 v 2; 3 v 4
Hozircha OFK jamoalarni qay asosga ko'ra savatlarga ajratishini bilmaymiz. CHunki klublar uchun UEFAdagi singari alohida reyting yo'q. SHu sababli OFK chempionlarni bir savatga joylashi mumkin yoki boshqa biror jihat tufayli.
Jamoani ro'yxatdan o'tkazish muddati saralash bosqichi ishtiroklari uchun 4 yanvargacha, guruh bahslari qatnashchilari uchun 24 yanvargacha qilib belgilangan. Klublar 18-30 futbolchini zayavka qilishadi. 3 nafar darvozabon (ulardan biri 1-raqamni olishi shart) ro'yxatda bo'lishi va futbolchilar 1-99 raqamlarni tanlashlari mumkin. Jamoa rahbariyati va xodimlari soni ko'pi bilan 15 nafarga etadi. Birinchi o'yinga bir hafta vaqt qolganda eng oxirgi almashtirish yoki to'ldirishni qilish imkoniyati mavjud.
Bunda 3 nafar jarohatlangan va 5 nafar istalgan futbolchini almashtirish yoki tarkibga qo'shib olish imkoniyati bo'ladi. SHundan keyin boshqa almashtirish bo'lmaydi. Faqat jamoalar chorak finalga chiqqanda shunday imkoniyatga ega bo'lishadi. Bir futbolchi bir transfer davri mobaynida bir klubda ro'yxatdan o'tadi. OCHLda bu 3 davrga bo'lingan: saralash, guruh va pley-off (chorak finaldan boshlab). Saralash bahslarida boshqa jamoa safida o'ynagan futbolchiga guruh bosqichini boshqa klubda boshlashga ruxsat beriladi. Legionerlarni 3+1 tartibida ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Fuqaroligini almashtirgan o'yinchilardan foydalanish borasida esa talab bor: o'sha futbolchi kamida bir yil avval fuqaroligini almashtirib bo'lgan bo'lishi lozim.
Guruh bosqichida 2 yoki undan ko'p jamoa bir xil ochko to'plagan taqdirda g'olibni o'zaro uchrashuvlardagi ko'rsatkichlar aniqlab beradi. Mos ravishda ko'p ochkoga erishgan, o'zaro o'yinlarda yaxshi to'plar nisbatiga ega bo'lgan, safarda ko'proq to'p kiritgan jamoa ustun deb topiladi. Barcha ko'rsatkichlar teng kelgan taqdirda jamoalar maydonda bo'lgan pallada penaltilar seriyasiga murojaat etiladi. Aks holda, guruhda umumiy to'plar nisbati farqi va ko'proq gol urgan jamoa ustunlikka ega bo'ladi. Juda bo'lmaganda vaziyatni kartochkalar bo'yicha jarima ochkosi aniqlab beradi. Lekin biror marta ish bu vaziyatning yaqinigacha etib bormagan. Ko'p narsa aynan o'zaro o'yinlar yoki umumiy to'plar nisbatida hal etiladi.
Nimchorak finaldan boshlab ikki o'yinning asosiy vaqtida durang natija qayd etilsa, qo'shimcha bo'limlarda urilgan gollar uchun safardagi gol qoidasi tatbiq etilmaydi. Yani, qo'shimcha vaqtda jamoalar bittadan yoki bir xil miqdorda to'p kiritgan taqdirda durang natija saqlanib qolgan deb hisoblanadi.
Cafar uchrashuvlariga 18 nafar futbolchi va 11 nafar rahbariyat va xodimlar uchun mehmonxona bilan bog'liq harajatlarni mezbon jamoa o'z bo'yniga oladi. Bu borada tartib oldingidan o'zgarmagan.
Saralash bosqichlari davrida olingan sariq kartochkalar o'sha bosqichlar uchun amalda bo'ladi. Aytaylik, saralash bahslarida bitta sariq kartochkasi bor futbolchi guruh o'yinlarini kartochkasiz boshlaydi. Agar saralash bosqichida 2ta kartoka olingan taqdirda unday holda navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishga to'g'ri keladi.
Har bir uy uchrashuvidan avval mezbon jamoa mehmon klub vakillariga 1 dona VVIP, 5ta VIP, 20ta navbatdagi kategoriyali chiptalarni tekinga taqdim etadi. SHuningdek, mehmon jamoa muxlislari uchun stadion sig'imining 5 foizi miqdoridagi chiptalar sotuvga tayyor turishi shart. OFKga esa VVIP tribunaning 50 foizi, 60ta VIP, 490 dona keyingi kategoriya, 500ta undan keyingi kategoriya, shuningdek, yana 250ta chipta bepulga taqdim etilishi belgilangan. Demak, har bir bellashuv OFK 1300 dona va eng yaxshi tribunaning sig'imidan 50 foiz miqdordagi chiptalarga ega chiqadi. CHiptalar sotuvidan tushgan mablag'ning 10 foizi ham OFK hisob raqamiga o'tkazilishi reglamentda belgilab qo'yilgan.
Ishtirokchilarga to'lanadigan pul miqdori esa shunday ko'rinishda. Saralash bahslarining pley-off bosqichida klublarga safar uchun 20 ming AQSH dollari to'lanadi. Guruh o'yinlarida har bir safar uchun pul miqdori 34200 dollar miqdorida belgilangan. Guruh bosqichida pul har juft turdan keyin to'lab boriladi.
Safar uchun OFK to'laydigan pul
Pley-off: 20000
Guruh bosqichi: 34200
Nimchorak final: 30000
CHorak final: 30000
Yarim final: 30000
Final: 60000
G'alaba uchun guruh bosqichida 40 ming, durang uchun 20 ming AQSH dollari beriladi. Keyingi bosqichlarda mukofot miqdori quyidagicha:
Nimchorak finalga chiqqani uchun – 50000
CHorak finalga chiqqani uchun – 80000
Yarim finalga chiqqani uchun – 120000
Finalchi uchun – 750000
G'olib uchun – 1500000
Jarimalar esa deyarli har bir qoida buzilishi uchun belgilangan. Masalan, matbuot anjumanida etarli talablarni bajarmaslik, mikst zona tashkil etmaslik, begona shaxslarning unga yurishga huquq bermaydigan hududda paydo bo'lishi, o'yindan oldin yoki keyin katta va flesh intervyularni avvaldan aytilgan futbolchilar bermagan taqdirda klub 5 ming AQSH dollarini jarima sifatida to'laydi. Bu qoida buzishlarning har biri shunchadan tushadi. OFK qoidalarni ancha qatiylashtirib bormoqda va bu jamoalarni hushyorlikka chorlashi lozim.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar