So’nggi yangiliklar

16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  1 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  1 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   5 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  4 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  17 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  2 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1 10:50“Челси“ ва “Арсенал“да ўйнаган футболчи фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0 10:33Расман. Ўруновнинг ўрнига Абдихолиқов чақирилди  13 10:17“Челси“ “Барселона“ ярим ҳимоячиси учун 75 миллион евро таклиф қилд  4 09:42“Барселона“ ҳимоячиларидан бири билан шартномани бекор қилишга яқин турибди  1 09:05Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади?   31

Osiyo chempioni Doniyor Narzullaevni tabriklaymiz! Yangiliklar

Osiyo chempioni Doniyor Narzullaevni tabriklaymiz!

Bugun, 11 aprel kuni Nasaf akademiyasi tarbiyalanuvchisi, Metallurg jamoasi futbolchisi, olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo'lgan Doniyor Narzullaev o'z tavallud kunini nishonlamoqda.

«Nasaf» jamoasidagi o'yinlari bilan muxlislar nazariga tushgan futbolchi O'zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoasida ham g'alabalarga munosib hissa qo'shgan. Ayniqsa, 2018 yil Xitoydagi qita chempionati finalida ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib o'zining poziciyasida raqibga imkoniyat bermagandi. SHuningdek, OCHL guruh bosqichi yo'llanmasini beruvchi «Al Xidd»ga qarshi bellashuvda gol urib qozonilgan muvaffaqiyatda muhim rol o'ynagandi.

Ikkala qanotda va markazda barobar o'ynaydigan yarim himoyachi joriy yilda Bekobodning «Metallurg» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Murabbiy Andrey SHipilov ham shogirdidan umidi katta ekanligini takidlab o'tdi. Uning do'stlari va sobiq jamoadoshlari saytimiz orqali tilaklarini va fikrlarini bildirdi.



SHerzod Nasrullaev («Nasaf» futbolchisi): Doniyor akamni juda hurmat qilaman. Inson sifatida harakateri samimiy. Maydonda ham, uning tashqarisida ham maslahatlarini ayamagan. Ularga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman. Sog'lik, salomatlik va Evropaning kuchli klublarida o'ynashlarini tilab qolaman. Garchi, maydonda raqibga aylansakda, hayotda aka-ukadekmiz.

SHahzod Ubaydullaev («Metallurg» futbolchisi”):
Jamoadoshimga uzoq umr va baxt tilayman. Faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolaman. Doniyor Narzullaev kuchli va Mahoratli futbolchi sanaladi, jamoadagi bollar bilan yaxshi chiqishib ketdilar. Maydonda o'ziga xos dribling va tezligi bilan ajralib turadi. O'z vaqtida olimpiya terma jamoasi bilan ham katta yutuqlarga erishganlar. Biz bilan ham mashg'ulotlarda barobar mehnat qiladilar va astoydil ter to'kadilar. Umuman olganda mehnatkash inson.

Saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan Doniyor Narzullaevni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Mustahkam sog'lik, uzoq umr tilaymiz.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика