So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Osiyo chempionatidan ilk taassurot Yangiliklar

Osiyo chempionatidan ilk taassurot

Kecha asablarimizni sinab olgan O'zbekiston – Xitoy o'yinidan keyin turli fikrlarni eshita boshladik.
Kimdir yaxshi yig'in tashkil qilib bermagan Terma jamoalar markazi aybdor qilgan bo'lsa, yana kimdir murabbiyni. O'yinchilarni yulduzlik kasaliga chalinganligi haqidagi fikrlar ham bo'ldi. Boshlanishiga o'zimda ham qiziqqonlik bo'ldi, gohida Rashidovni, gohida Maqsudovni aybladim. Mana, o'yin tugaganiga ham bir necha soat o'tdi, kalla ham o'z joyiga keldi va endi bamaylixotir tahlil qilsak bo'ladi.

2 OY TAYYORGARLIKKA EGA XITOY VA 2 HAFTA TAYYORGARLIKKA EGA O'ZBEKISTON
SHunchaki ikki. Hisob ham 2:1 bizning foydamizga. Keling, aslida bu musobaqa bizga kerakmi degan savolga javobni olsak. Bu musobaqa nafaqat olimpiyachilarimizga o'yin amaliyoti sifatida, bakli Rio-2016 yo'lida osonroq guruhdan o'rin olishimiz uchun kerak. Bu haqida markaz o'ylab ko'rganmi yoki yo'q bilmaymiz, ammo terma jamoaga bo'lgan etibordan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, o'ylashga vaqt bo'lmagan. Gap shundaki, joriy musobaqada ishtirokimiz va egallagan o'rnimizga qarab, 2015 yili bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida qaysi savatchadan joy olishimiz malum bo'ladi. Tabiiyki, musobaqani kuchli to'rtlikda yakunlasak, birinchi savatdan joy olamiz. Bu esa Eron, Yaponiya va Iroq kabi mamlakatlar bilan bir guruhdan joy olmaymiz degani. To'g'ri, ular ham hali musobaqada yarim finalgacha etib borishlari kerak, lekin ularni o'yinlaridan kelib chiqib, buni bashorat qilish qiyin emas. Rio-2016ga bugungi holatdan kelib chiqib 3ta jamoani asosiy nomzod sifatida ko'rsatish mumkin. Garchand 1993 yillar o'rtasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa-da, Eron terma jamoasi juda ham kuchli. Ularni yoshlar o'rtasidagi JCHga chiqa olmaganliklariga asosiy sabab, murabbiylarini haddan tashqari raqiblarni menismaganligi va buni futbolchilariga ham uqtirib qo'yganliklari bo'lgan. Iroq va Yaponiya yoshlar terma jamoalarini JCHda ham ko'rdik. Birinchi turda ham ular kuchli o'yin namoyish etdilar. Yaponiya futbolining falsafasidan kelib chiqib aytsak, ular uchun o'smir va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari va JCHlar go'yoki kerak emas. Muhimi, yaxshi futbolchi tarbiyalansa bo'ldi. Ammo  Olimpiadaga ular boshqacha ko'z bilan qaraydilar. CHunki Olimpiada katta forum va u erdagi o'yinlardan kelib chiqib hech bo'lmaganda bitta futbolchida kuchli beshlik chempionatiga ketish imkoniyati bo'ladi.
Xitoy nima uchun bu musobaqaga jiddiy tayyorgarkik ko'rganligini endi tushungandirsiz? Ertani o'ylash kerak, ertani...

8 NOYABRDAN 12 YANVARGACHA ETARLI VAQT BOR EDI
Topib olgan gapimiz bitta. Futbolchilar tatilda. Aslini olganda tayyorgarlikni erta boshlab yanvarda ham yaxshi formaga kirib olishimiz mumkin. Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi va “Neftchi” va “Paxtakor” jamoalari ishtirokidagi MDH Kuboklari bunga misol bo'la oladi. O'zbekiston chempionati 8 noyabr kuni o'z yakuniga etdi. Futbolchilarning hordiq chiqarishlari uchun 1 oy kifoya qilar edi. Vaqt etarli bo'lgani bilan Osiyo chempionatida qaysi terma jamoamiz ishtirok etishi nomalum edi. Osiyoda bizni hurmat qilishlari  uchun nima qilishimiz kerak, tinmay g'alaba qozonishimiz kerak. SHundagina bizdan hakamlar ham, OFK rahbarlari ham, raqiblar ham hayiqadilar. CHunki biz g'alaba qozonadigan mashina bo'lib olamiz. G'alaba qozonish uchun esa dastur kerak. 31 dekabr kuni murabbiylar bilan tuzilgan shartnomalar yakuniga etishi bois, hech bir murabbiy Osiyo chempionati yo'lida o'z dasturini tayyorlamadi. Bizning murabbiylarimizga esa ahillik etishmaydi. Bir yoqadan bosh chiqarib ishlash o'rniga, bir murabbiy ikkinchi murabbiyning kamchligini aytish bilan band bo'lgan holatlar ham bo'ldi. SHuning uchun ham mazkur terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash borasida bir qancha tortishuvlar bo'ldi. Hattoki Bolqondan bizga tanish Miodrag Radulovich ham kelib ketdi.
Bahs-munozalardan keyin SHuhrat Maqsudov terma jamoaga bosh murabbiy bo'ldi. Bugungi tayyorgarlik bilan namoyish etiladigan o'yinlardan kelib chiqib Maqsudovga hech qanday etiroz bildira olmaymiz. U o'zi istagan o'rtoqlik uchrashuviga ham ega bo'lmadi. Toshkentda qorli maydonda o'tkazilgan “Paxtakor”ga qarshi kechgan o'yinda biron bir eksperimentni o'tkazib bo'lmas edi. Bunga bir kun avval yog'gan qor xalaqit qildi. BAAda esa terma jamoaga emas, allaqachon OCHLda g'alabalarni xis qilib ulgurgan futbolchilarimiz, hattoki OFK Kubogida ham qatnashmagan saviyasi bir muncha past klublarga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Tarkibga nazar tashlasangiz, Abbos Maxsitaliev, Sardor Rahmonov, Sardor Sobirxo'jaev va Muhsin Ubaydullaev 2tadan Osiyo chempionati va JCHda qatnashganlar. Qolganlari esa hech bo'lmaganda bitta Osiyo chempionatini ko'rgan. Bu tarkibni “valak-salak” klublarga qarshi emas, jiddiy terma jamoalarga qarshi o'yinda sinab olish lozim edi. Bu erda Maqsudov yaratilgan sharoitdan kelib chiqib ish tutdi va shuning uchun uni ayblay olmaymiz.

TARKIBDA XATO BO'LDIMI?
Asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak bo'lgan SHamsiddinov, Abduxoliqov va Hoshimov avvalgi musobaqadagi qizillari uchun maydonga tusha olmadilar. Bu esa murabbiy uchun rosmana muammo bo'lib, u zaxiradagi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritdi. Tabiiyki, yuqoridagi uch futbolchi maydonida bo'lganida, kecha asosiy tarkibda maydonga tushgan uch futbolchi zaxirdan maydonga tushib o'yinni kuchaytirishi lozim edi. Ammo vaziyat boshqacha bo'ldi. 50-daqiqaga kelib Sobirxo'jaevni harakatida sustkashlik ko'zga tashlandi, bunga u olgan kichik jarohat ham sabab bo'ldi. SHunda men o'zimga uning o'rniga Mirzaevni maydonga tushirish kerakligini aytdim. Ko'p o'tmay shunday o'zgarish ham bo'ldi. Xitoy ko'p ham hujum qila olmadi. Bizdagi bitta nominal hujumchi Sergeevni yopish esa “avtobus”ga qiyinchilik tug'dirmadi. Uzoqdan zarba beradigan holatlar ham bo'lmadi. Bunday vaziyatda ikkinchi hujumchiga muxtoj edik. Ammo Abduxoliqovdagi diskvalifikaciya bu rejani amalga oshishiga to'siqlik qildi. Balki, Ismatullaevning jarohati pand bermaganida uni tayanch nuqtasiga qo'ya turib, biroz hayajon sezilgan Rashidovni zaxiraga o'tkazish mumkin bo'larmidi. SHunda Abbos Maxsitaliev Sergeev ortida ko'proq faol bo'lar edi. Abbosda dispecherlikdan tashqari gol urish qobiliyati ham yaxshi shakillanganligini JCH va Osiyo chempionatlarida ko'p bora ko'rganmiz. Ammo bu erda ham Ismatullaevning jarohati Maqsudov oldida bosh og'riq bo'ldi. Mazkur holatlardan kelib chiqib ham Inchonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga qadar Maqsudovni tanqid qilmaslikka chaqirgan bo'lar edim. Bunday deyishimga yana bir asos shundaki murabbiylar shtabini bosh murabbiyni o'zi tanlamagan.  
Yuqoridagi holatlarga qaramay to'g'ri tanlov ham bo'ldi. Darvozadan o'rin olgan Akmal Tursunboev bundan 8 yil avval hech kim ilg'amagan joydan “Paxtakor” futbol maktabiga kelib qoldi. Avvaliga u erda ham unga ishonishmadi, ammo vaqt o'tgach uning gavda tuzilishi-yu, reakciyasi takomillashib bordi va kecha u hammamizga maqul kelgan o'yinni namoyish etdi. O'tkazib yuborilgan golda uning aybi yo'q. Himoyachi “obzor”ni yopib qo'yadigan bunday vaziyatlarda darvozabonga oson tutib bo'lmaydi. SHu kungacha tajribali futbolchilar bilan o'ynab kelayotgan Sardor Rashidov birinchi planga chiqish lozim bo'lgan o'yinida, yo hayajon bosdi yo tajriba etishmadi. 3ta yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. 30-daqiqada boshi yoki sakrab turib oyolqari bilan zarba berishi lozim bo'lgan nuqtada qo'li bilan to'pga tegindi. Ko'p o'tmay o'ng oyoqda zarba berib gol urish mumkin bo'lgan erda to'pni chap oyog'iga to'g'irladi va xato. 90-daqiqada esa to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi. Bir o'yinda uchta epizod. Rashidov endi kichiklar ichida kattasi ekanligini ko'rsatishi va o'tgan o'yindan to'g'ri xulosa chiqarib fikrlarini jamlashi lozim. 2014 yilgi mavsumda Qosimovni ham undan umidi katta, buning uchun esa tinmay mehnat qilishi va asosiy tarkib azosi ekanligiga masuliyat bilan yondoshishi talab etiladi.
Jamshid haqida ko'p gapirilyapti. U haqda ko'p yozmang yoki gapirmang yulduzlik kasaliga uchramasin deb. Agar insonning tarbiyasi joyida bo'lsa, ishonavering hech qanday gap so'z unga tasir o'tkazmaydi. Jamshidning bugungi yutug'ida uning mehnatidan tashqari tarbiyasi ham katta rol o'ynayapti. Iskanderov tabiatan bosiq va shuning uchun bo'lsa kerak ko'pchilikni yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. 2 goldagi harakatini qayta lavhalarda tomosha qilar ekanmiz, maza qildik. O'yin davomidagi paslari ham chakki bo'lmadi. Bu futbolchi allaqachon MTJning ham asosiy tarkibida 90 daqiqa davomida to'p tepish darajasiga etib bo'lgan.

YANA FUTBOLKA...
O'yindagi  birgina epizod kayfiyatimizni tushirib yubordi. Sobirxo'jaevning futbolkasi issiqdan namiqib qolganida, uning ichidan kiyib olgan “Bunyodkor”ning mashg'ulot formasi shundoqqina katta planda aks etdi. Agar bu yanada yaqinroq ko'ringanida OFKning reglamenti asosida O'FF katta miqdordagi jarimaga tortilishi aniq edi. Deylik, o'yinning so'nggi daqiqasi. Sardor gol urib jamoamiz g'alabasini taminlayapti. Ana olsam oldim sariq kartochkani deb quvonchidan futbolkasini echib otdi...  Ana xolos... Uning ichki futbolkasida “Bunyodkor”ning logotipi-yu, uning bosh homiysi turibdi. Hamma narsa bo'lishi mumkin, to'g'rimi? Nima uchun musobaqaga ketayotgan terma jamoamiz boshdan oyoq kiyintirilmaydi? Xullas sharmanda bo'lishimizga sal qoldi. Ko'rgan ko'rdi, ko'rmagan esa yo'q.

Ertaga Iroq terma jamoasiga qarshi qiziqarli o'yin kutib turibdi. 3 nafar futbolchimizning xizmatidan foydalana olamiz. Umid qilamiz, kutamiz va istaymizki, O'zbekiston yoshlari g'alaba qozonadilar.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика