Osiyo chempionati U-23. Bugun qura tashlash marosimi bo'ladi
25 may 2023 07:50
Yangiliklar


Osiyo chempionati U-23. Bugun qura tashlash marosimi bo'ladi
Bugun 2024-yilning aprel-may oylarida Qatarda o'tkaziladigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogining saralash bosqichiga qura tashlanadi.
Unda musobaqada ishtirok etadigan 43 terma jamoa 4 ta guruhga ajratiladi. Timur Kapadze jamoasi 1-savatchadan joy oldi.
Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi joylashadigan guruh uchrashuvlari yurtimiz maydonlarida bo'lib o'tadi. O'yinlar joriy yilning 4-12-sentyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar