Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Egor Krimec: "Xitoy eng og'ir raqib bo'ladi"
09 jan 2014 20:25
Yangiliklar

Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Egor Krimec: "Xitoy eng og'ir raqib bo'ladi"
Ummonda boshlanadigan Osiyo chempionati oldidan terma jamoamiz azolari saytimizga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Maqsadimiz jiddiy. Kerakli natijaga erishishimizga ishonaman. Ijobiy natija qayd etgan xolda yurtimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarmoqchimiz. Biz uchun ushbu turnirning ahamiyati juda katta. Muxlislar ishonchini oqlash uchun maydonga tushamiz" - deya aytib o'tadi Egor Krimec.
- Tarkib borasida terma jamoamiz mazkur chempionatda eng yosh jamoalardan biri bo'lmoqda. Bu natijaga tasir o'tkazmasmikin?
- Tarkib borasida har qanday jamoa bilan tengmiz. Kerak bo'lsa ko'pgina jamoalardan ustunmiz desa ham bo'ladi. Allaqachon xalqaro maydonlarda o'zini ko'rsatgan futbolchilarimiz etarlicha topilada. O'ziga yarasha tajribali o'yinchilar bor va bu borada hech qanday bahona bo'lmasligi shart.
- Terma jamoadagi yagona legioner futbolchi sifatida imkoniyatlarimizni boshqa davlat vakillari bilan solishtirdingizmi?
- Albatta. Xitoy biz uchun eng qiyin raqib bo'lsa kerak deb o'ylayman. Jamoasi haqida xabarim bor va ularning imkoniyatlarini yaxshi baholayman. To'liq mahalliy klublarning futbolchilaridan iborat. Ularning barchasi Liganing doimiy ishtirokchilaridandir. Iroq va Saudiya Arabistoni ham yaxshi jamoalar. Qisqasi bizning guruh deyarli teng kuchli jamoalardan iboratdir.
- SHaxsan Siz ushbu chempionatdan nimalarni kutmoqdasiz ?
- Qisqacha aytganda finalga etib bormoqchimiz. Bunga har bir futbolchimiz ishonsa natijaga erishamiz.
Humoyun Davurov suhbatlashdi

Fikrlar