Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Davron Hoshimov: "Himoyamizda muammo bo'lmasligi kerak"
09 jan 2014 23:14
Yangiliklar

Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Davron Hoshimov: "Himoyamizda muammo bo'lmasligi kerak"
Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati (U-22) oldidan terma jamoamizning azolari saytimiz uchun o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ko'ngil xotirjam yo'lga otlanayapmiz. Yurtimiz shanini munosib himoya qilishimiz shart. Tayyorgarlik qisqa bo'lgan bo'lsada muammo bo'lmasligi kerak. Ruhiy holatimiz yuqori va bu bizga katta yordam beradi deb o'ylayman" - deya aytib o'tadi Davron Hoshimov
- Guruh uchrashuvlarida va chempionatda terma jamoamiz imkoniyatini qanday baholar edingiz?
- Guruhimiz eng qiyin guruhdir. Xitoy bilan birinchi o'yin murakkab bo'ladi.Ushbu uchrashuvda afsuski men maydonga tusha olmayman. Bugun chempionat davomida himoyamizda umuman muammo bo'lmasligi kerak. Bu chiziqda tajribali futbolchilar etarlicha. Imkoniyatimiz hamma bilan bir xil. Guruhdan chiqsak buyog'i osonroq bo'lishiga ishonaman.
- Siz nimalarni kutmoqdasiz?
- Albatta kamida finalda o'ynashni. Osiyoning bu yoshdagi jamoalari etarlicha o'zgaruvcha bo'ladi. Masalan Iroq va Eron terma jamoalari borasida ijobiy fikr aytish kerak. Muxlislar ishonchi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Biz vatanimizga xursand kayfiyatda qaytamiz deb umid qilaman
Humoyun Davurov suhbatlashdi

Fikrlar