So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  33 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Abbos Maxsitaliev: "Birinchi oltin medalimni qo'lga kiritmoqchiman" Yangiliklar

Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Abbos Maxsitaliev: "Birinchi oltin medalimni qo'lga kiritmoqchiman"

Bugundan boshlab Ummonda boshlanadigan Osiyo chempionati (U-22) oldidan terma jamoalarimiz azolari saytimizga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yigitlarni hammasida g'alabaga ishonch bor va shunisi eng muhim. Yuqori maqsadlar bilan yo'lga chiqmoqdamiz va erishish uchun qo'limizdan kelgan barchasini qilamiz. Kayfiyat va tayyorgarlik juda yaxshi" - deya aytib o'tadi Abbos Maxsitaliev.

- Abbos siz ko'plab xalqaro turnirlarda ishtirok etib kelmoqdasiz. Aynan mana shu Osiyo chempionati haqida fikringiz qanday?
- Hozirgacha klub bilan va terma jamoa bilan ko'plab turnirlarda ishtirok etdim. Ochig'ini aytsam faoliyatimda terma jamoa bilan birinchi oltin medalimni qo'lga kiritishni istayman. Bungacha Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida (U-16) kumushni olgan edik. BAA dagi Osiyo chempionatida (U-19) esa yarim finalga etib borgan edik. Balki endi vaqti kelgandir oltin medallarga ega chiqishni. Ushbu turnir bizga Braziliyadagi Olimpiyada uchun yo'l bo'ladi shu bois ahamiyati juda kattadir.

- Tarkibdagi aralashlik jamoaga muammo tug'dirmaydimi?

- O'ylashimcha bunday bo'lmaydi. SHaxsan men ushbu jamoadagi deyarli barcha futbolchilar bilan birga o'ynaganman va hech qanday mummosiz tushunamiz. Ayniqda jahon chempionatidagi jamoadoshlarim bilan bunday muammo bo'lmasligini bilaman. Bizga tajribaliroq futbolchilarning qo'shilishi esa faqat o'yinimizni kuchaytiradi.

Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика