So’nggi yangiliklar

22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:20Суперлига. "Бунёдкор" – "Бухоро" (матнли трансляция)  9 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  0 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  66 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  16 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0

Osiyo chempionat (U-22) oldidan. Temurxo'ja Abduxoliqov: "To'purar bo'lishni maqsad qilganman" Yangiliklar

Osiyo chempionat (U-22) oldidan. Temurxo'ja Abduxoliqov: "To'purar bo'lishni maqsad qilganman"

Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati (U-22) oldidan terma jamoamiz azolari saytimizga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jiddiy musobaqa oldida turibmiz. O'ta masuliyatli uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Bizni maqsad jiddiy va shunga yarasha tayyorgarlikka ega bo'lik deya olaman. Tayyorgarlik muddatini qisqa deya olmayman. Ko'pchilik bilan birga maydonda ko'p bora harakat qilganman" - deya aytib o'tadi Temurxo'ja Abduxoliqov.

- Hujumchi sifatida bu chizig'imiz imkoniyatlarini qanday baholar edingiz?
- Umuman butun terma jamoamizning barcha chiziqlarida kuchli raqobat va etarlicha tajribali futbolchilar bor. Hammaga malumki Sergeev allaqachon terma jamoada uchrashuvlar o'tkaza boshlagan bo'lsa, Abdulazizda ham xalqaro tajriba etarlicha. Maydonga kim tushishidan qatiy nazar ko'proq gol urib natijaga erishishimiz Afsuski birinchi uchrashuvda men maydonga tusha olmayman lekin shunga qaramay yigitlarga ishonaman. Ular g'alaba qozonadi.

- Siz terma jamoamizdan qanday natijani kutmoqdasiz?
- Albatta imkonimiz etganicha eng yuqorisigacha bormoqchimiz. Buning uchun bizda barcha imkoniyat mavjud. Tarkib jihatidan Osiyoning etakchi jamoalari bilan bir xil saviyadamiz. Ushbu chempionatda to'purar bo'lib terma jamoaga gollarim bilan yordam bermoqchiman.

Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика