So’nggi yangiliklar

00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1

O'sishdan to'xtadikmi yoxud OCHL uchun o'rinlarimiz nimaga kamayib bormoqda? Yangiliklar

O'sishdan to'xtadikmi yoxud OCHL uchun o'rinlarimiz nimaga kamayib bormoqda?

O'tgan haftada barchamizning etiborimiz Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan OFK qarorgohiga qaratildi. U erda 2014 yil CHempionlar ligasida ishtirok etadigan mamlakatlarga tegadigan o'rinlar muhokama qilinib, ijroqo'm yakuniy qaror qabul qildi.
O'zbekiston oliy ligasiga guruh bahslari uchun bitta, “pley-off” uchun 2 o'rin ajratildi. Ko'pchilik buni kam deb takidladi, lekin vaziyat aslida qanday?
Boshqa chempionatlarni, ulardagi sharoitlar va tashkilotchilikni ko'rmagan ishqibozlar faqat natijalarga qarab xulosa chiqarishga odatlanishgan. SHu sababli ular biz Eron yoki BAAdan nimadan ortdamiz deb savol berishlari tabiiy. Lekin OFK OCHLga o'rin ajratishda 11 jihatni inobatga oladi.

Bu borada qitamizning bosh futbol tashkilotini to'liq haq deb aytishimiz mumkin. CHunki dastlab sharoitlarni minimal teng ko'rinishga keltirmasdan turib, klublar miqyosidagi turnirni rivojlantirish to'g'risida o'ylashning o'zi noto'g'ri. Oliy ligamiz o'sha 11 band bo'yicha mintaqamizda faqat beshinchi pog'onadan o'rin oldi. Bunday holatda ko'proq yo'llanmalar soniga ega bo'lolmasdik. O'zi dastlab 1+1 tegishi gapirilayotgandi, yakunda 1+2ga ega chiqdik. SHuning uchun hozirgi holatda yomon natijaga erishmadik. CHempionatimizning hozirgi saviyasi, tashkilotchilik borasida boshqalardan ustunlikka ega emasmiz.

Osiyo chempionatlari uchun umumiy reyting qilib chiqadigan bo'lsak, Yaponiya hamon peshqadam bo'lib turibdi. O'tgan yilgidan bir necha ball kamroq jamg'argan yaponlar haqli ravishda 4 yo'llanma sohibi bo'ldi. Ikkinchi pog'onaga Eron ko'tarildi. Avvalgi yil 813,5 ochko to'plagan forslar bu safar ko'rsatkichlarini deyarli 100 ballga yaxshilashdi. Natijada ular birato'la uch birinchilikni ortda qoldirib, guruh bahslariga 4 yo'llanma sohibiga aylanishdi. Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni oldingi yilgi natijalarni saqlab qolishdi. BAA proligasi rahbariyati o'tgan bir yil ichida xuddi eronliklar singari katta hajmdagi ishni amalga oshirishni uddalashdi. 100 ballga yaqin ko'proq yiqqan amirliklar chempionati to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma miqdorini bittaga oshirdi.

Qatarda o'sish unchalik yuqori bo'lmagani sababli bu mamlakat BAAdan ortda qolib ketdi. Xitoy ham deyali 50 ochkolik o'sishni qayd etdi. Etakchi davlatlar orasida eng yaxshi o'sish Avstraliyaga tegishli bo'ldi. “A” liga to'plagan umumiy ball bir yil ichida 237 ochkoga ko'proq bo'ldi! Albatta, bu mamlakat “A” liga rahbariyatining klublar bilan birgalikda bajargan ishlari ko'lamiga qoyil qolmasdan boshqa iloj yo'q. Eron, BAA, Xitoy va Avstraliya kabi mamlakatlar proligalaridan o'rnak olishimiz shartligi ko'rinib turibdi. Balki, PFL tegishli xodimlarni ushbu ligalarga malaka oshirishga jo'natib ko'rar. CHunki kamchiliklarni bartaraf etmasak, yuqori ball jamg'armaymiz.

Natijada OCHLdagi o'rnimiz ortishi qiyin. Qolganlar bir yil ichida shunchalik o'sishga erishishni uddalashibdi, demak, bu bizning ham qo'ldan keladigan ish. Faqat harakat, ishtiyoq va xohish bo'lsa bas. Aytaylik, biz unchalik mensimayotgan Tailand o'tgan yilgiga nisbatan 400 ball ko'proq to'plagan. Agar shu zaylda harakatni davom ettirishsa, tayliklar keyingi yil umumiy reytingda bizni osonlikcha quvib o'tish imkoniyatiga egalar. Biz avvalgi yili 8-pog'onada edik. Bu yil esa sezilarli farq bilan 9-o'ringa quladik. Ortimizdan Tailand, Hindiston va Iordaniya quvib kelmoqda.

Hindistondagi bir vaziyatga alohida etibor qaratib o'tsak. Biz ularda futbol unchalik rivojlanmagan deya fikr bildiramiz. Lekin ichki licenziyalash tizimidagi talablar bo'yicha ular klublarga yon bosib o'tirmayapti. SHu sabab tufayli chempion jamoa “CHerchill Brazers” OCHL saralash bosqichida ishtirok etmaydi. Uning o'rniga “Puna” saralash bahslarida qatnashadi. Demak, HPL o'z talablarini klublarga o'tkazib, barcha ishlar joyida bo'lishini taminlab kelmoqda. Natijada 2012 yil oxirida minus 106 ochkoga loyiq topilgan Hindiston bu safar 526 ochko jamg'ardi.

Umumiy hisobda ularning o'sishi 632 ballga teng bo'lgan. Oldingi yil kamchiliklar uchun belgilangan minus ochkolar ko'proq miqdorni tashkil qilgandi. Bu safar ular plyus ochkolariga ega chiqishdi. SHunday ko'lamda ishlashda davom etsa, hindlar bizni quvib o'tib, to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga davogarlik qilish imkoniyatiga ega. CHunki biz avvalgi yilga solishtirsak, deyarli o'sishga erishmadik. Iordaniya hamda Singapur ham o'tgan yili minus ochkolari bilan jazolangandi.

Bu safar iordaniyaliklar 500, singapurliklar esa 438 ball jamg'ardilar. Qita miqyosida eng yuqori o'sishga erishib, yaqqol rekord qo'ygan mamlakat Vetnam bo'ldi. 2012 yil minus 815,7 ball bilan barchaning ajablanishiga sabab bo'lgan Vetnam “V” ligasi 301 ochko to'pladi. O'sish ball bo'yicha olib qaraganda, 1117 ochkodan iborat bo'ldi! Buning uchun vetnamliklarni olqishlab qo'ysa arziydi. Natijada ular haqli ravishda saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Osiyo chempionatlarining to'plagan ballari bo'yicha umumiy jadvali quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Yaponiya - 935.30
2. Eron - 908.47
3. Janubiy Koreya - 887.45
4. Saudiya Arabistoni - 869.62
5. BAA - 848.94
6. Qatar - 848.56
7. Xitoy - 843.54
8. Avstraliya - 804.08
9. O'zbekiston - 693.38
10. Tailand - 601.20
11. Hindiston - 526.55
12. Iordaniya - 500.89
13. Singapur - 438.34
14. Ummon - 390.02
15. Gonkong - 408.02
16. Vetnam - 301.31
17. Bahrayn - 253.67

Bizda eng katta muammolar marketing, teletranslyaciyalardan pul ishlab topish va klublarning biznes faoliyatida. SHuningdek, stadionlarga muxlislar tashrifi o'rtacha 5 ming miqdordan iborat bo'lishi belgilangan. Endilikda shu talab borasida ham salbiy ko'rsatkichga egamiz. Teletranslyaciya va biznes faoliyat bo'yicha kamchiliklar bisyor. Bularni hal qilish uchun xorijdan mutaxassislarni taklif etish foydadan xoli bo'lmasdi.

Yoki harakatchan, turli ishlarni bajara oladigan mutaxassislarga imkoniyat berish lozim. Hozir xorijda mutaxassislarimiz javlon urgani holda o'z ligamizdagi muammolarni hal qila olmayotganimiz achinarli holdir. Keyingi yil boshqa mamlakatlar yanada ko'proq ball jamg'arishga harakat qilishadi. Bu esa bizning o'rinlar soni qisqarishiga olib kelishi mumkin. SHu sababli harakatni kechiktirmasdan boshlash zarur.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика