So’nggi yangiliklar

14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4

Osimxendan aqlbovarqilmas mavsum: nigeriyalik qanday qilib "Napoli"ni chempionlikka etaklamoqda (mutolaa uchun) Yangiliklar

Osimxendan aqlbovarqilmas mavsum: nigeriyalik qanday qilib "Napoli"ni chempionlikka etaklamoqda (mutolaa uchun)

Neapolliklar forvardining faoliyatidagi eng yaxshi mavsumi haqida.

"Napoli" uzoq vaqtdan beri doim nimadir etmaydigan klub edi. Neapolliklar bir necha bor skudetto atrofidan o'tishdi, ammo umuman unga yaqinlasha olishmadi. "Adzurri" joriy mavsum chempionlikni yutish uchun ahil jamoaga o'xshaydi.

Hozirgi "Napoli" tarkibidagi muhim o'yinchilardan biri Viktor Osimxendir. Nigeriyalik Neapol klubidagi eng samarali o'yinchi hisoblangan holda, faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda.

Osimxenning Evropadagi sayohati "Volfsburg"dan boshlandi, ammo futbolchi u erda eng yaxshi paytlarini o'tkazmagan. Viktor nemis klubi safida faqatgina 16ta o'yinda maydonga tushgan va samarali harakat qayd etolmagan.

"Bo'rilar" ushbu hamkorlikdan hech narsa chiqmasligini ko'rgach, futbolchini Belgiyaning "SHarlerua" jamoasiga ijaraga yuborishgan. Nigeriyalik u erda 36ta o'yinda 20ta gol urib, ancha yaxshi ishtirok etdi. Belgiyadagi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng forvardning Evropadagi istiqbolli faoliyati oydinlasha boshladi.



"SHarlerua" 2019 yilning iyulida hujumchini atigi 3,5 mln evroga xarid qildi. Belgiyaliklar shu bilan birga o'yinchini bir oydan so'ng "Lill"ga 24,5 millionga sotishdi. Osimxen francuz klubida faqatgina bitta, ammo muvaffaqiyatli mavsum o'tkazdi.

Viktor Liga 1 doirasidagi 27ta o'yinda 13ta gol va 5ta assist qayd etdi. U 2019/20 yilgi mavsum so'nggiga ko'ra "Lill"ning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Ishlar yaxshi ketayotgandi, ammo yosh forvardni juda ham o'z safida ko'rishni istagan "Napoli" paydo bo'ldi. Neapolliklar odatda katta bitimlar qilishmaydi, ammo nigeriyalik uchun rekord miqdordagi 75 mln evro to'landi.

Osimxenning transfer narxi juda yuqori edi, ayniqsa Italiya chempionati bo'yicha olganda, ammo Viktor o'ziga sarflangan pullarni tezlik bilan oqlashni boshladi. U o'zining A Seriyadagi ikkinchi o'yinidayoq ilk assistini qayd etdi, uchinchisida esa ilk golini urdi.

Hujumchi 2019/20 yilgi mavsum Italiya chempionatida 10ta gol urdi. Agar elkasidagi jarohat bo'lmaganda, katta ehtimol bundan ham ko'proq bo'lgan bo'lardi. Nigeriyalik keyingi mavsumda 4ta gol ko'proq urdi va A Seriyaning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'ldi.



Joriy mavsum Osimxenning faoliyatidagi eng yaxshisidir. 24 yoshli forvard hozirda Italiya chempionatida 18ta to'p kiritdi, mavsum so'nggiga qadar esa hali ancha bor. Viktor eng yaqin taqibchisi Lautaro Martinesdan 5ta gol o'zib ketgan holda, A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Agar top ligalarni olib qarasak, nigeriyalik milliy chempionatlarida 15tadan gol urgan Kilian Mbappe va Robert Levandovskidan ko'proq to'p kiritgan. Undan ko'p faqatgina Erling Xoland urgan, ammo norvegiyalikda o'ta aqlbovarqilmas raqamlar: APLdagi 23ta o'yinda 26ta gol.

Osimxen joriy mavsum 90 daqiqada o'rtacha 1,02ta to'p kiritadi. Undan balandroq ko'rsatkich faqatgina Xoland (1,37/90) va Jovanni Reyna (1,05/90)da. Ammo, Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi "Napoli" forvardiga qaraganda ancha kam o'yin amaliyoti olmoqda.

Viktor A Seriyada darvoza tomon 32 bor aniq zarba bergan. Undan ko'proq faqatgina Lautaroda (33). Nigeriyalik shu bilan birga 19 bor o'yindan tashqari holatda qolgan. Bu ofsayd bo'yicha A Seriyadagi uchinchi ko'rsatkich. Hujumchi busiz ko'proq urishi ham mumkin edi.



Jarohatdan so'ng oktyabrda qaytgan Osimxen neapolliklar safida deyarli har bir o'yinda gol urmoqda. Viktor A Seriyadagi so'nggi ettita o'yinda gol urdi, ulardan ikkitasida dubl qayd etdi. Nigeriyalik "Sassuolo"ga qarshi o'yinda o'zining 100-golini urdi.

U bu marraga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan ko'ra tezroq etib keldi, ammo baribir Erling Xoland va Kilian Mbappechalik tez emas. "Napoli" forvardi har mavsum o'zini ko'proq namoyon qilmoqda, bu esa top-klublar etiborini tortadi. Ammo, neapolliklar futbolchini sotishni qatiy rad etishmoqda.

Albatta, "Napoli"da umuman olgan yuqori hujum salohiyati borligi Osimxenga yaxshi natijalar ko'rsatishda yordam bermoqda. Neapolliklar butun jamoa bo'lib A Seriyada mavsum davomida 56ta to'p kiritishdi. Bu ligadagi eng yaxshi ko'rsatkich va undan keyin kelayotgan "Inter"dan 12ta gol ko'proq.

SHunga mos ravishda, "adzurri" raqib darvozasi tomon ko'proq (187) zarba berishgan. Bundan tashqari, "Napoli" tarkibida A Seriyadagi eng yaxshi assist harakat qilmoqda – 10ta gol va 9ta assist qayd etgan Xvicha Kvaracxeliya.



Osimxen va Kvaracxeliya hujumda yaxshi duet hosil qilishmoqda. Balki Evropadagi eng yaxshilaridan biridir. Viktorga kelsak, OAV unga top-klublarning qiziqishi haqida tobora ko'proq yozmoqda. Nigeriyalik bo'yicha yozda ko'proq takliflar bo'lishi katta ehtimol, ayniqsa neapolliklar skudettoni yutishsa. Ammo, bu o'yinchiga kerakmi?

Katta ehtimol bilan, yo'q. Futbolchida hozirda barchasi bor: murabbiy ishonchi, jamoadagi muhim rol, muxlislarning muhabbati. Yangi klubda esa barchasini boshidan boshlashga to'g'ri keladi. Asosiy savol esa nega, agar "Napoli" hoziroq milliy va Evropadagi turnirlardagi g'alabaga davogarlik qilsa.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика