"O'runov "Ufa"da modalar qiroli". Ostonning jamoadoshi hamyurtimiz haqida fikr bildirdi
26 mar 2021 08:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/627287_original.jpg)
![](/upload/storage/627287_220.jpg)
"O'runov "Ufa"da modalar qiroli". Ostonning jamoadoshi hamyurtimiz haqida fikr bildirdi
"Ufa" yarim himoyachisi Parfe Bizoza o'zbekistonlik Oston O'runov haqida o'z fikrlarini bildirdi.
-O'runov "Spartak"da mashhur kiyimlar brendini xarid qilganidan so'ng suratga tushgandi va o'shandan so'ng surat memlarga aylanib ketgandi. Jamoa ichida shuni eslab hazillashishadimi?
"Bu bo'yicha gapirishganini sezmadim. Ammo u "Ufa"da modalar qiroli, shunisi aniq. Uning juda yaxshi uslubi va garderobida ajoyib liboslari bor. Men ham undan "stil" bo'yicha nimalarnidir o'rganishim kerak.
Lekin men kiyim "Gucci" bo'lgani uchungina u erdan tovar sotib olmayman. SHunchaki yoqsa, u qanday brend ekanligidan qati nazar sotib olaman.
Oston esa o'zini qulay his qilgani, o'ziga yoqqani uchun bu kiyimlarni kiyadi deb o'ylayman", - dedi burundilik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar