So’nggi yangiliklar

16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  0 16:25Суперлига. "Сурхон" – "Динамо". Таркиблар маълум  0 16:23Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" (матнли трансляция)  6 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  3 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 15:14"ФарДУ" — "Олимпик MobiUz". Таркиблар маълум  0 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  14 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  10 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  43 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  6

Oston O'runov: "Otam "Spartak"da o'ynashimni orzu qilgan" Yangiliklar

Oston O'runov: "Otam "Spartak"da o'ynashimni orzu qilgan"

"Spartak"ning yangi o'yinchisi Oston O'runov Moskva klubi bilan shartnoma imzolaganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Spartak"da seni qanday kutib olishdi.

- Bu erda ajoyib jamoa bor, meni yaxshi kutib olishdi. Iloji boricha tezroq jamoaga qo'shilishga umid qilib qolaman.


- Bizning klubimiz haqida nimalarni bilasan?

- "Spartak" - eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan klub, xalq jamoasi. Mening otam doim "qizil-oqlar" o'yinchisiga aylanishimni orzu qilgan.


- "Ufa"ga kelganingga ko'p bo'lmadi, Rossiyadagi kam sonli muxlislar seni bilishadi. Qanday o'yinchisan? Qaysi poziciyada o'ynashga odatlangansan?

- To'p bilan ishlashni yaxshi ko'raman, men uchun markazda o'ynash qulay. Ko'ramiz, murabbiy meni qaerga qo'yar ekan.


- SHamil Gazizov seni "Ufa"ga taklif qildi, endi esa "Spartak"ga. U bilan yana bir klubda bo'lishdan mamnunmisan?

- Ha, meni O'zbekistondan "Ufa"ga taklif qilgan holda imkoniyat berdi. Endi uning ishonchini shu erda oqlamoqchiman.


- Sening kelishing bilan O'zbekistonda "Spartak"ga alohida etibor beriladimi?

- Ha! "Qizil-oqlar"ning 35 million nafar yangi muxlisi paydo bo'ldi desa ham bo'ladi", - deydi O'runov.



Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика