O'rtoqlik uchrashuvlari. "So'g'diyona" "Turon"ni, "Andijon" Qirg'iziston klubini mag'lub etdi. Boakedan dubl
13 iyu 2021 12:24
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvlari. "So'g'diyona" "Turon"ni, "Andijon" Qirg'iziston klubini mag'lub etdi. Boakedan dubl
Toshkentda o'tgan "So'g'diyona" - "Turon" uchrashuvida jizzaxliklar 54-daqiqada Elyor Orifovning goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda quyidagi futbolchilar harakat qildi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
"Turon" - "So'g'diyona" 0:1
Bosh hakam: Vadim Agishev
Gol: Elyor Orifov, 54
"Turon": Akmal Ortiqov, Vladislav Kasminin, Asliddin Toshtemirov, Dayan Ponevich, Doston Meliqo'ziev, Abduraxmon Abdulhaqov, Muzaffar Muzaffarov, Sunnat Ermatov, Davron Umirov, Bilol Toshmirzaev, Asilbek Qayumov
"So'g'diyona": Milan Mitrovich, Marko Kolakovich, Luka CHermel, Iskandar SHoyqulov, Ayubxon No'monov, Jasur Hasanov, Sahob Rashidov, Ergash Ismoilov, Elyor Orifov, Jamshid Boltaboev, Sardor Qulmatov
"Andijon" jamoasi esa o'z maydonida qo'shni Qirg'iziston klubi "Kaganat"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bahsda Jasur Jaloliddinov bitta gol muallifiga aylangan bo'lsa, italiyalik Martin Boake dubl qayd etdi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
"Andijon" - "Kaganat" (Qirg'iziston) 3:0
Gollar: Jasur Jaloliddinov, Martin Boake (dubl)
"Andijon": 1. Nizomiddin Ziyovutdinov, 4. Usmonali Ismonaliev, 5. Abduvohid G'ulomov, 6. Ibrohim Otaxonov, 8. Baxtiyor Qosimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 17. Farhod Sohibjonov, 18. Abdug'ani Kamolov, 26. Muhammadkarim Toirov, 33. Doniyor Abdumannopov, 70. Diyor Rahimqulov
Fikrlar