So’nggi yangiliklar

22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  684 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  6 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2

O'rtoqlik uchrashuvlari - murabbiy uchun Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvlari - murabbiy uchun

O'rtoqlik uchrashuvlari doimo murabbiylar uchun xizmat qilib kelgan va shunday bo'lib qoladi.

Terma jamoaning o'rtoqlik o'yinlarida natija talab qilish yoki mag'lubiyat uchun tanqid qilish mutlaqo noto'g'ri. Bu o'yinlar orqali murabbiylar jamoadagi mavjud kamchiliklarni ko'rib olishadi, taktik chizgilar, har xil uslublar qo'llab ko'riladi. Xatolardan xulosa qilinadi. Qachonki murabbiy o'rtoqlik o'yinida natija uchun o'ynasa, unda bu haqiqiy fojia. O'rtoqlik bahslarida natija uchun o'ynab, faqat bir xil tarkibga ishonch bildirib, yakunda nimaga erishdik?

Murabbiy o'rtoqlik o'yinlarida natija uchun o'ynashi - fojia.

SHu boisdan ham o'rtoqlik o'yinlari faqat murabbiylar uchun xizmat qiladi. Muxlislar har qanday holatda jamoasidan g'alaba, yaxshi natija kutishi tabiiy. CHunki ularga chiroyli futbol va kerakli natija yoqimli. Lekin rasmiy va norasmiy o'yinlardagi farqni, o'rtadagi tafovutni ham unutmaylik.

Senegal va Marokashga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlaridan oldin hisob va natija qanday bo'lishidan qati nazar, O'zbekiston ko'pchilikka ko'rinmas yutuqni qo'lga kiritishi haqida yozgandim. O'yinlar o'tdi, biz o'sha aytilgan ko'zga ko'rinmas yutuqni qo'lga kiritdik. Natija etiboridan aytadigan bo'lsak ham, bir durang va mag'lubiyat yomon natija bo'lmadi. Ko'zga ko'rinmaydigan yutuq - jiddiy raqib qarshisida to'plangan tajriba. Kuchli raqiblar fonida asl kuchimiz, qanday salohiyatga ega ekanligimizni ko'rib oldik. Biz o'rtoqlik o'yinlarida asosan o'zimiz darajamiz bilan teng yoki undanam pastroq sparring raqiblar bilan o'ynashga o'rganib qolgandik. Senegal va Marokash kabi terma jamoalar bilan to'qnashuvlar bizga misoli ko'zgu bo'lib xizmat qildi.

Ko'zga ko'rinmaydigan yutuq - jiddiy raqib qarshisida to'plangan tajriba. Kuchli raqiblar fonida asl kuchimiz, qanday salohiyatga ega ekanligimizni ko'rib oldik.

Kechagi mag'lubiyatdan terma jamoamizni, murabbiy tanlagan tarkibni va futbolchilarni xatolarini keskin tanqid qilganlar ham uchradi. SHu erda ular nohaq. Kechirasizlar-u, Senegal va Marokashga qarshi o'yinlarda terma jamoamizdan nima kutgandingiz? Natijami? Xo'p, bundan nima naf ko'rardik? FIFA reytingidagi yaxshi siljishdan boshqa hech narsa. Masalan, Kapadze kechagi o'yinda ham asosiy tarkibdagi o'yinchilarni tushirib, natija uchun o'ynab ko'rishi mumkin edi. Balki juda zo'r o'ynavorganimizda, durang (aslida asosiy tarkib bilan ham bu kabi terma jamoalarga qarshi natija uchun o'ynashga tayyor emasmiz) yoki omad kulib boqib g'alaba ham qozonardik. Lekin bundan nima foyda ko'rardik? Faqat qog'ozdagi g'alaba!

Agarda shunday bo'lganida, Kapadze murabbiy sifatida xato qilardi. Yani, o'rtoqlik bellashuvida natija uchun o'ynagan murabbiy uzoqni ko'ra olmaydi. Jamoasi poydevorini qo'yishni unutadi va hokazo. Lekin Kapadze va murabbiylar kengashi azosi sifatida yosh mutaxassisga yordamchi bo'lgan Mirjalol Qosimov bu xatoga yo'l qo'yishmadi. Tarkibdagi deyarli barcha futbolchilarga o'ynash uchun imkoniyat berildi.

Oxirgi marta O'zbekiston qachon haqiqiy terma jamoaning to'liq tarkibida o'ynaganini unutib ham qo'ygandik. Yani, aytmoqchi bo'lganim, terma jamoada asosiy tarkib va zaxira o'rindig'i degan tushuncha bo'lishi mumkin emas. Bu terma jamoa! Bu erda hamma futbolchilar o'zlarini asosiy tarkib futbolchisi deb his etishlari zarur. Buning uchun esa avvalo murabbiy ularga shunday sharoitni yaratib berishi kerak. SHaroit yaratildi, 2-3 yillab terma jamoaga taklif etilishi kutilgan yoki raqobatsiz faqat zaxirada o'rindig'iga o'tirishga ko'nikib qolgan futbolchilarning aksariyati o'ynashdi. Uzoq tanaffusdan keyin ular yana egnilarida milliy terma jamoa libosini kiyib maydonga tushishdi. Qarshilaridagi raqiblar Ummon yoki Qirg'iziston emas, balki Afrikada o'z nomiga ega Senegal/Marokash kabi kuchli jamoalar edi. Hayajon bo'ldi va uning natijasida xatolar ham yuzaga keldi. Bu tabiiy jarayon. Kamiga raqib ham jiddiy qiyofadagi jamoalar edi. Lekin quvonarlisi, har ikkala o'yinda ham terma jamoamiz uchrashuv ritmiga qo'shilib ketishni uddaladi. Ko'p yillar terma jamoadan chaqiruvni kutib intizor turgan va zaxirada zerikib qolgan futbolchilar nihoyat terma jamoa masuliyatini yana his etishdi. Uzoq kutilgan amaliyotga ega bo'lishdi va bundan o'zlari uchun ham kerakli xulosalarni chiqarishgani aniq.

Tanqid kerak, tanqid yaxshi, qachonki u asosli bo'lsa. O'yindagi bazi epizodlar uchun ko'plab futbolchilarni tanqid qilish mumkin. Lekin unutmaylik, ularning aksariyati terma jamoa safida uzoq vaqt o'ynashmagan yoki ilk bor asosiy tarkibda tushishdi. Ishonib aytaman, hozirgi holatimizda agarda nisbatan past darajadagi raqiblar bilan o'ynaganimizda, hozir g'alabani muhokama qilib, Rashidov yoki Masharipov qanday reydlar uyushtirganiyu, Bikmaevning chiroyli goliga mahliyo bo'lib o'tirardik. Bunday bo'lmadi, ammo Sidiqov, Hamrobekov yoki Aliboevni markazda qanday o'ynashlari mumkinligi haqida tasavvur paydo bo'ldi. Ular o'zlari uchun 100ta Superliga o'yinlarida to'plashlari mumkin bo'lgan tajribani qandaydir 90 daqiqa ichida qo'lga kiritishdi. Yoki darvozabon Suyunov ko'p vaqt amaliyotisiz qolib ketib, biroz o'yin ritmini yo'qotgandi. Terma jamoa safida esa 2 yildan oshiq vaqt davomida hattoki o'rtoqlik bellashuvlarida ham maydonga tushmay qo'ygandi. Bu albatta o'z tasirini o'tkazadi. Bu erda futbolchilarga ruhan tiklanish uchun malum vaqt kerak bo'ladi. SHu boisdan ham bazi xatolar vujudga kelishi mumkin. Muhimi, aynan o'rtoqlik o'yinlari orqali o'sha kemtiklarni, xato va kamchiliklarni yo'qotish mumkin. SHu uchun ham o'rtoqlik uchrashuvlari murabbiy uchun xizmat qiladi. Bu erda natija birlamchi emas.

Azamov va Ashurmatov tandemi markaziy himoyada dastavval biroz hayajon bilan o'ynashdi, sovuqqonlik etishmay turdi. Lekin o'yin ritmiga moslashib ketildi. Ikkinchi bo'limda va birinchi taymda ham pozicion qo'pol xatolar uchramadi. Asosan Superligada (oliy liga) o'ynab yurgan va o'sha saviyadagi eng yaxshilarga aylangan Azamov va Ashurmatovga terma jamoa darajasidagi xalqaro o'yinlar chanqog'i kuchli. Aynan shu o'yinlar orqali biz kelajakda markaziy himoyadagi ajoyib tandem poydevorini qo'yishimizga shubha yo'q.

O'tkazilgan ikkita yaxshi saviyadagi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun O'FAga tashakkur! O'yinlar uchun terma jamoamiz murabbiylar shtabi va futbolchilarga rahmat aytaman. Kuchli raqiblar qarshisida sharmanda bo'lmadik, uyalib qolmadik. Muhimi, jamoamizda kerakli mahsulot mavjud. Endi o'sha mahsulotdan to'g'ri foydalanishimiz lozim. Ishga to'g'ri, professional yondoshish bo'yicha o'sish, harakat va ishtiyoq kuchliligi sezilib turibdi.

Kapadzega barchaga imkoniyat bergani va terma jamoamiz qiyofasini yaxshi ko'zguda boricha ko'rsata olishga harakat qilgani uchun tashakkur. Xatolar bo'ldi, ammo kechagina murabbiylikka qo'l urgan yosh mutaxassis uchun bu yomon natija emas. Muhimi, mavjud kamchilik va xatolardan to'g'ri xulosa chiqarmoq zarur.

FIFA reytingi haqida: Kecha terma jamoamiz o'rtoqlik o'yinlarida faqat kuchli raqiblar bilan o'yin tashkil etib, reytingdagi mavqeimizga jiddiy tasir ko'rsatib qo'yishi mumkinligi aytildi. To'g'ri, har erda balans bo'lgani yaxshi. Masalan, bir o'yinda kuchli raqib bilan o'ynasak, ikkinchi bahsda nisbatan teng darajadagi jamoaga qarshi o'ynash maqul. Bu butun dunyo tajribasida keng qo'llaniladi. Ammo bizda ayni paytda aniq bosh murabbiy yo'q. Kim terma jamoamizni Osiyo Kubogi-2019ga olib borishini hali rasman bilmaymiz. To'g'ri, bizning malumotlarga ko'ra, JCHdan keyin Karlos Keyrushni terma jamoamiz ruliga kelishi haqida malumotlar mavjud. Ammo bu hali rasman hal etilmagan. Yani to'liq pishmagan ish. FIFA kunlarida esa raqiblarni tanlanayotganda avvalo murabbiy ko'rsatmasi va tavsiyasi ko'ra tanlanadi. Bizda esa mana 6 oydirki hali aniq murabbiy kimligi malum qilinmadi. SHu boisdan ham o'rtoqlik uchrashuvlarida raqiblar tanlanayotganda murabbiy ko'rsatmasiga emas, rahbariyat muxlislar va futbolchilarimiz uchun kuchli jamoalarga qarshi o'ynashiga urg'u berilmoqda. Hadeb ham kuchli raqiblar bilan bazi jihatlar bo'yicha balansni buzib qo'yishi aniq. Bizda hozirda aniq bosh murabbiy kelmagani uchun ham o'rtoqlik uchrashuvlariga sparring raqib tanlashda hozircha faqat nomga qarab ish olib borilmoqda.

O'FA terma jamoa bosh murabbiyi masalasini tezroq uzil-kesil hal etishi lozim. CHunki Osiyo Kubogiga ham ko'p vaqt qolmadi. Yangi keladigan murabbiy yangi jamoani qurishi, terma jamoani o'rganishi uchun ham malum vaqt kerak bo'ladi. Keyin esa murabbiy o'zi qo'llaydigan taktika va uslubdan kelib chiqib o'rtoqlik o'yinlarida qanday raqiblar bilan o'ynash kerakligi haqida ko'rsatma beradi. SHundan keyin o'rtoqlik bellashuvlarida raqiblar tanlashda ko'pchilik aytayotgan balans ham paydo bo'ladi.

O'FA esa murabbiy tanlashni cho'zmagani yoki kim kelishi haqida malumot bergani maqul. Agarda O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov aytganidek, terma jamoamizni JCHdan keyin mundialda ishlaydigan mutaxassislardan biri boshqaradigan bo'lsa, unda yo'qotilgan vaqtga achinmaslik mumkin. Yani, bu holatda murabbiy tayinlash nega kechiktirilganini tushunsa bo'ladi. Agarda yakunda o'sha mundialda ishlaydigan murabbiylardan (Karlos Keyrush) biri kelmay, boshqa mutaxassisga MTJ topshirilsa, unda yo'qotilgan vaqt bizga qimmatga tushadi. Terma jamoamizni qishgacha rasmiy o'yini yo'q, hali etarlicha vaqt borku deyayotganlar qattiq adashishadi. Terma jamoa masalasi ancha nozik. Bu erda klublardagi kabi har kunlik mushg'ulotlar, o'yinlar yo'q. SHu boisdan ham hozir kuchli raqiblar bilan o'yin bizni sarmast qilayotgan bo'lishi mumkin, lekin bu bilan tanganing ikkinchi tarafi borligini unutib qo'ymagan maqul.

O'rtoqlik o'yinlaridagi yana bir misol. Masalan Germaniya yaqinda FIFA kunlaridagi ikkita bahsni kuchli jamoalar Ispaniya va Braziliyaga qarshi o'z uyida o'tkazdi. Lekin hech birida g'alaba qozonmadi. Ispaniya bilan durang va Braziliyaga mag'lub bo'ldi. Ammo bundan nemis matbuoti va germaniyalik muxlislar qattiq tashvishlanishmayapti. SHunchaki Yoaxim Lyov o'rtoqlik uchrashuvlarida asosan jamoaning o'yindagi kamchiliklarini bilib olishni va buni kuchli raqiblar fonida yanada tiniqroq ko'rishni yaxshi ko'radi. Bu bilan Germaniya atayin yutqazib berdi yoki ular bu o'yinga jiddiy yondoshishmadi, demoqchi emasman. SHunchaki o'rtoqlik o'yinlaridagi natija Lyovni qiziqtirmaydi, to'g'rirog'i tashvishlantirmaydi. Uni ko'proq jamoani qurish jarayonidagi har qanday kichik detallar va mavjud xatolarni ko'rinmayotgani ko'proq tashvishlantiradi. SHu boisdan ham asosan o'rtoqlik o'yinlarida yutqazadigan yoki nisbatan yomon o'ynaydigan nemis mashinasi katta musobaqalar paytida boshqacha qiyofaga, yani asl qiyofasiga qaytadi. Ungacha esa Germaniya muhim o'yinlargacha kerakli zaxira bilan qurollanadi.

Muallif :
Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика