So’nggi yangiliklar

19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  0 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  0 19:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан, "Олимпик-MobiUz" "Локомотив" билан ўйнамоқда  0 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  0 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  2 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  1 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  3 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0 13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0

O'rtoqlik uchrashuvisiz JCH saralash bahslarini boshlash Eronni tashvishga solyapti Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvisiz JCH saralash bahslarini boshlash Eronni tashvishga solyapti

SHu yilning sentyabr oyidan Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bahslarining uchinchi raundiga start beriladi.

Eron milliy terma jamoasi 2 sentyabr kuni "Ozodi" stadionida Suriyani qabul qiladi. Eron terma jamoasining saralash o'yinlarisiz uchinchi bosqichni boshlashi mahalliy matbuotni xavotirga solyapti. Masalan, guruhdagi raqib BAA terma jamoasi 6 avgustdan Serbiyada o'quv-mashg'ulotlarni boshladi va 13 avgustga qadar o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazadi. 

Iroq terma jamoasi ham yangi murabbiy Dik Advokat qo'l ostida Serbiyada yig'in o'tkazadi va yig'in davomida Ummon va Xorvatiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. 

Milliy chempionat o'yinlari qoldirilgani bois Livan termasi bir oy oldin yig'ildi va hozirda tayyorgarlikni davom ettiryapti. Bu jamoa shu oyda ikkita yig'in o'tkazishni rejalashtirib qo'ygan: Turkiya va BAAda. Livanliklar 2 sentyabr kuni Dubayda BAA bilan o'ynashadi. 

Eron terma jamoasi 25 avgustdan yig'iladi. Dragan Skochich shogirdlari faqat mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanishadi. Hech qanday o'rtoqlik uchrashuvisiz uchinchi raundni boshlash qimmatga tushmasa bo'ldi deb bong urmoqda mahalliy matbuot.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика