So’nggi yangiliklar

15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  2 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston (U-20) - Singapur (U-20) 1:1 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston (U-20) - Singapur (U-20) 1:1

Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan O'zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi kecha Singapur yoshlar (U-20) terma jamoasi bilan o'ynadi.
Bu o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. O'zbekiston safida yagona golni Asliddin Abdiev urdi.

Bunga qadar 22 yanvar kuni Ukraina (U-21) bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan futbolchilarimiz 24 yanvarda Ozarbayjon (U-20) jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etishgandi. 28 yanvarda esa Ukraina (U-21) jamoasiga (0:2) yutqazib qo'yishgandi.

Takidlash lozim, mazkur yig'in Haydarov jamoasi uchun shu yilning 30 may kuni Yangi Zelandiyada start oladigan U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatiga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan ilk yig'in hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zekiston yoshlar terma jamoasi o'tgan yili Myanmada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida kuchli to'rtlikka kirgan va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasining Turkiyadagi yig'iniga jo'nab ketgan tarkibi:

Darvozabonlar:
Dilshod Hamroev (Qizilqum)
Botirali Ergashev (Paxtakor)

Himoyachilar:
Akrom Komilov (Bunyodkor)
Odil Hamrobekov (Nasaf)
Doston Tursunov (Neftchi)
Ibrohim Abdullaev (Paxtakor)
Nodir Yo'ldoshev (Paxtakor)
Najmiddin Normurodov (Nasaf)
Rustam Ashurmatov (Qo'qon-1912)

Yarim Himoyachilar:
Javohir Sohibov (Paxtakor)
Otabek SHukurov (Mashal)
Mirjamol Qosimov (Bunyodkor)
Xurshid G'iyosov (Bunyodkor)
Javohir Siddiqov (Paxtakor)
Sardor Azimov (Bunyodkor)
Temur Tolipov (Paxtakor)
Jamshid Hoshimov (SHo'rtan)
Alisher Mirzaev (Paxtakor)

Hujumchi:
Doston Hamdamov (Bunyodkor)
Zabihillo O'rinboev (Bunyodkor)
Eldor SHomurodov (Mashal)
Asliddin Abdiev (Mashal)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика