O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston OTJ - "Metallurg" 0:1

Narzulla Saydullayev
8 avg 2018, 22:36
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyaga ketish oldidan Toshkentda "Metallurg" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

TTYMI stadionida o'tgan o'yinda olimpiya terma jamoasi safida ko'plab futbolchilar sinovdan o'tkazib olindi. Bahs taqdirini hal qilgan yagona gol ikkinchi taym boshida Zohid Abdullaev tomonidan Botirali Ergashev qo'riqlayotgan darvozaga urildi - 0:1. 

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 10 avgust kuni tongda Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun Indoneziyaga uchib ketadi.


O'zbekiston OTJ - "Metallurg" 0:1

Gol
: Zohid Abdullaev 56

O'zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov,  Akromjon Komilov, Ikrom Aliboev, Xurshid G'iyosov, Odil Hamrobekov, Abbosjon Otaxonov, Doston Hamdamov, Bobir Abduxoliqov,  Jaloliddin Masharipov.
Zaxiradan tushganlar: Umid Ergashev, Andrey Sidorov, Sharof Muhitdinov, Doniyor Narzullaev, Xojiakbar Alijonov, Islom Qobilov, Javohir Sidiqov, Azizbek Turg'unboev,

"Metallurg" (1-taym): Javohir Ilyosov, Pavel Smolyachenko, Andrey Shipilov, Xudoyshukur Sattorov, Zoir Jo'raboev, Roman Jo'raev (Abror Toshqo'ziev, 35),  Muhammad Isaev, Zafar To'raev, Otabek Zokirov, Kamron Saidazimov, Muhammadjon Sultonov.
"Metallurg" (2-taym): Zafar Safaev, Abror Xusinov, Sherzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Stanislav Andreev, Davron Umirov, Shahzod Shaymanov, Jasur Hasanov, Islombek Isoqjonov, Bahodir Pardaev, Zohid Abdullaev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia