So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  0 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  2 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  2 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  2 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  3 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  24 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - Iroq 2:1 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - Iroq 2:1

Teglar :  O'zbekiston MTJIroq
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
O'zbekiston - Iroq 2:1
24 iyul 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 5168 tomoshabin
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Mamur Saidqosimov, Alisher Usmonov, Dmitriy Pislegin (barchasi O'zbekiston).

Gollar:
Marat Bikmaev 6, - 1:0. Eldor SHomurodov 29, - 2:0. Abubakr Bayar 89, - 2:1.

O'zbekiston:
12.Ignatiy Nesterov, 3.Kamoliddin Tojiev, 4.Marat Bikmaev (18.Sardor Mirzaev, 65), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Otabek SHukurov, 13.Davron Hoshimov, 14.Javohir Sohibov, 16.Stanislav Andreev (7.Aleksandr Merzlyakov, 46), 19.Azimjon Ahmedov (2.Ruslan Melziddinov, 86), 20.SHerzod Karimov (6.Jasur Hasanov, 55), 23.Eldor SHomurodov (15.Jaloliddin Masharipov, 84).

Zaxira: 21.Eldor Suyunov, 5.Salamat Qutiboev, 8.Akrom Komilov, 9.Murod Bobojonov, 17.Doston Hamdamov, 22.Akmal SHorahmedov.

Iroq: 1.Hasan Salal (12.Kassid Muhammad, 46), 3.Kadim Husam, 4.Said Samal, 5.Latif Ali, 7.Vaham Husayin (22.Xalaf Hussayin, 57), 9.Muhammad Jasim, 10.Alaa Abdulzahron (18.SHavkan Muhammad, 74), 13.Volid Amjed (8.Malirk Visam, 86), 14.Fayyad Mazin, 16.Xasra Miron (2.Abubakr Bayar, ), 23.Qosim Abbos.
Zaxira: 6.Muhammad Kavvav, 11.Nadim Ahmad, 20.Abdulahassan Ali, 31.Dler Hatem



                                            MATNLI TRANSLYACIYA

                                                       YANGILASH


90+3. O'YIN TUGADI! O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvida Iroqni mag'lub etdi.

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOL! 2:1. Abubakr Bayar himoyadagi qo'pol xatodan so'ng hisobni qisqartirdi

88. O'yin tugab bormoqda, boshqa gol ko'rmasak kerak

86. O'zgarish. O'zbekiston. Azim Ahmedov o'rniga Ruslan Melziddinov tushdi

85. O'zgarish. Iroq. Volid Amjed o'rniga Malik Visam tushdi

84. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Jaloliddin Masharipov tushmoqda

81. Jaloliddin Masharipov tushishga tayyorlanmoqda

77. Ikkala jamoa hujumkor o'yin ko'rsatishmoqda

76. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! NESTEROOOOOOOOOV! Qoyil Ignat! Muhammad Jasimning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Nesterov ajoyib tarzda qaytardi!

75. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 5168 tomoshabin tashrif buyurdi

74. O'zgarish. Iroq. Alaa Abdulzahron o'rniga SHavkan Muhammad tushmoqda

72. Iroqning hujumi noaniq pas tufayli zarba berilmadi.

69. ZARBA! Otabek SHukurov jarima maydoniga yorib kirib zarba berdi, Kassid to'pni qaytardi!

67. "Bunyodkor" stadionida islandcha XUK! Ajoyibu g'aroyib! Muxlislarga besh baho!

64. O'zgarish. O'zbekiston. Marat Bikmaev o'rniga Sardor Mirzaev tushdi

62. ZARBAAAA! Ajoyib zarbadan so'ng Nesterov chiroyli seyv qildi! Tasanno!

61. Jamshid Iskanderov burchak to'pidan keyin to'pni darvozabon ushlab oldi

60. Javohir Sohibovga shifokorlar yordam berishdi, o'yin davom etadi

57. O'zgarish. Iroq. Vaham Husayn o'rniga Xalaf Hussayn tushdi

55. O'zgarish. O'zbekiston. SHerzod Karimov o'rniga Jasur Hasanov tushdi

54. Iroqning tezkor qarshi hujumini Davron Hoshimov barbod qildi, chaqqonroq harakat qildi Davron

53. Maydonga Jasur Hasanov tushishga tayyorlanmoqda

52. Iroqning hujumi... chap qanotdan uzatilgan to'pni Nesterov qaytarib yubordi

51. Stadionga yig'ilganlar jo'r ovozda O'zbekiston terma jamoasini olg'a boshlamoqda

50. Jamshid Iskanderovning erlatib tepgan zarbasi darvozabonga nasib qildi

49. Javohir Sohibovga yordam ko'rsatishmoqda

49. Ogohlantirish. Iroq. Kadim Husam

48. Javohir Sohibov to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi, aks holda xavfli hujum bo'lardi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

46. Iroqda darvozabon almashdi: Hasan Salal o'rniga Muhammad Kassid tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshida O'zbekiston terma jamoasida o'zgarish. Andreev o'rniga Aleksandr Merzlyakov tushdi


45. Birinchi bo'lim yakunlandi

43. Dastlbaki bo'limda Ignatiy Nesterov deyarli hech nima qilgani yo'q, unga ish deyarli bo'lgani yo'q.

42. Iroqlik futbolchi, Fayyad Mazin o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

41. Iskanderovning bu safarni to'p uzatishini darvozabon qaytardi

40. O'zbekiston katta ustunlikka ega. Navbatdagi jarima to'pi tepamiz.

36. Xavfli vaziyat! Iroqliklar hisobni qisqartirishlari mumkin edi. Volid Amjedning zarbasi noaniq chiqdi!

34. ZARBAAAAAAAAAAAA! SHomurodov-Bikmaev kombinaciyasidan so'ng SHerzod Karimov boshi bilan zarba berdi, kuchsiz zarbani darvozabon ushlab oldi

31. Muxlislar O'zbekistondan yana gol talab qilishmoqda...

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOR SHOMURODOV! 2:0. Jamshidning jarima maydoniga havolatib uzatgan to'pini SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:0.

29. Iroqliklar qoida buzishdi. Iskanderov jarima to'pini amalga oshiradi

27. Andreev chapdan jarima maydoniga to'pni uzatdi, SHerzod Karimovning pasini himoyachi qaytardi.

25. Muxlislar o'yinni maza qilib tomosha qilishmoqda.

22. GOL?! Yo'q. Darvozabon to'pni sherigiga oshirdi, himoyachi kutilmaganda to'pni Jamshidga oldirib qo'ydi, Iskanderovning pasidan keyin Bikmaev gol urdi. Biroq qanot hakami qoida buzilganini ko'rsatdi. To'g'risi gol nima uchun hisoblanmaganini tushunmadik. 

20. O'zbekistonning yana bir hujumchi yakuniga etmay qoldi. Hoshimovning o'ngdan uzatgan to'pini SHomurodov darvozaga yo'llay olmadi.

17. Ilgiz Tantashev darvozamiz tomon jarima to'pi belgilashdan charchamayapti, futbolchilarimiz qo'pol o'ynashmoqda

15. Iroqliklarning hujumi, jarima to'pidan uzatilgan to'pni Mazin boshi bilan noaniq yo'lladi

14. SHomurodov burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida

12. Stadiondagi muhit shunchaki ajoyib, to'g'ri muxlislar kam, lekin futbol bu bayram ekanligini isbotlashmoqda

9. Goldan keyin ham vakillarimiz ustunlikni saqlab turishibdi.

6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BIKMAEV! 1:0. CHap qanotdan SHomurodovning bu safargi uzatgan to'pini Bikmaev osongina boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni ochdi - 1:0.

5. Mana O'zbekistonning ilk hujumi, chap qanotdan Eldor SHomurodov oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'p maydondan chiqib ketgandi

3. O'zbekiston muxlislaridan islandcha "XUK", yani pauza bilan qarsak chalish, ajoyib!

2. Dastlabki hujumni mehmonlar amalga oshirishdi. SHerzod Karimovning xatosidan so'ng iroqliklar hujumga o'tishdi. SHerzod uni yiqitdi. Jarima to'pidan so'ng himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat O'zbekiston madhiyasiga!

- Iroq davlati madhiyasi yangramoqda...

- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi.




Reyting: -101   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика