So’nggi yangiliklar

08:50Ироқ чемпионати. Мурод Бобожоновдан дебют гол, Қосимов ҳам майдонни қуруқ тарк этмади  0 08:25Абубакир Шукуруллаев: "Бунчалик тез имконият беришади деб ўйламаган эдим"  0 08:00"Металлург" тайёргарликни бошлади. Таркибда янги футболчилар бор  1 00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0 00:32Саудия Про-Лигаси. Роналду ва Бензема жамоалари ғалаба қозонишди  4 00:09Дэвид Симэн: "Артетанинг тўртта алмаштиришидан шокка тушдим"  3 23:40"Реал" "Бетис"нинг 40-50 миллион евролик ҳимоячисига кўз тикди  0 23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  1 22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  3 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0 21:50РЕКОРД! "Фламенго" "Вест Хэм" футболчисини 41 миллион евродан қимматга сотиб олмоқда  1 21:30Паулу Фонсека "Лион" раҳбариятидан Эндрикни олиб қолишни сўради  1 21:00Флик: "Канселу жамоага яхши мослашяпти"  0 20:23Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради  10

O'rtoqlik uchrashuvi. "Olmaliq" - "Navbahor" 3:2 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Olmaliq" - "Navbahor" 3:2

Teglar :  OlmaliqNavbahor
Bugun "Olmaliq" navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Bu gal jamoamizga Namanganning "Navbahor" jamoasi sparring raqib vazifasini o'tadi. Sergeli tumanidagi suniy qoplamali maydonda o'tgan bahsda jamoamiz 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida himoyachi xatosidan unumli foydalangan Aleksandr Pishur hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o'tib namanganlik futbolchilar o'z jarima maydonlarida futbolchimizga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Belgilangan penaltini Ro'zimboy Ahmedov bexato amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Maydon markazidan o'yinni boshlagan vodiy jamoasi vakillari tezda ikkinchi golni urishga erishishdi. Aleksandr Pishur yana himoyachi xatosini gol bilan jazoladi. Ikkinchi taymda hujumkorlikni oshirgan jamoamiz azolari Diyor Turopovning kuchli va aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirishga erishishdi. O'yin tugashi arafasida Arslonmurod Amanovning qanotdan oshirib bergan to'pini Ro'zimboy Ahmedov bosh bilan darvozaga yo'lladi.

Bu o'yinda biroz betobligi sabab ko'pgina futbolchilarimiz ishtirok etishmadi. "Obod" jamoasi ko'rigida bo'lgan Abdumalik Toshpo'latov esa jamoaga qaytarildi.

Uchrashuvni jamoalar quyidagi tarkiblarda o'tkazishdi.

"Olmaliq" - "Navbahor" 3:2
Hakam:
Ahrol Risqullaev
Gollar: Ro'zimboy Ahmedov 2ta, Diyor Turopov - Aleksandr Pishur 2ta.
"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Abdumalik Toshpo'latov, Darko Stanoevich, Azizbek Suyunov, Abduqahhor Hojiakbarov, Ibrohim Rahimov, Saidkomil Akbarov, Mirjamol Qosimov, Murod Rajabov, Arslonmurod Amanov, Ro'zimboy Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Maksim Kriushev, Diyor Turopov, Doniyor Ismoilov, Rahmatillo Berdimurodov, Islombek Isoqjonov.

"Navbahor": Akmal Ortiqov, Obid Jo'raboev, Xayrulla Karimov, Igor Golban, Tohir SHamsitdinov, Dilshod Jabborov, Nodir Mavlonov, Sardor Azimov, Viktor Karpenko, Anvar Rajabov, Aleksandr Pishur.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Aziz G'ulomxo'jaev, Otabek Valijonov, Alisher Mahmudov, Mo'ydin Mamazulumov, Timur Ayupov, Akram Bahritdinov, SHohjahon Abbosov, Qahramon Mahamadjonov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика