So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  1 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   19 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  21 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

O'rtoqlik uchrashuvi: Dinamo Surxonni mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi: Dinamo Surxonni mag'lub etdi

Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi “Surxon” klubi taklifiga ko'ra navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Nazorat uchrashuviga qaramay, o'yin qiziqarli va asabiy kurashlarga boy bo'ldi.

Uchrashuvda hisob 16-daqiqada “Dinamo” hujumchisi Qadamboy Nurmetov tomonidan ochilgan bo'lsa, 26-daqiqada “Surxon”ning braziliyalik legioneri Pedro Martins muvozanatni tikladi – 1:1.

Goldan keyin hujumkorlikni tushirmagan “Dinamochi”lar 32-daqiqada yana Qadamboy Nurmetovning goli evaziga tanaffusga g'alaba bilan chiqib ketishdi - 1:2.

Ikkinchi bo'limda “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev tarkibni o'zgartirib, aralash tarkibni tushirdi. Jamoamiz safida 30 yoshli yarimhimoyachi Doston Abdurahmonov va aksariyat yosh futbolchilar ham ko'rikda ishtirok etishdi. “Surxon” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham tarkibda barcha futbolchilarga imkon berishga intildi.

Ikkinchi taymda ham ikki jamoa ham hisobni o'zgartirish uchun har qancha intilishmasin, yakunda hisob o'zgarmadi va “Dinamo” “Surxon” ustidan g'alabaga erishdi.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” jamoasi bungacha 20 va 21 iyul kunlari “Navbahor” va “Andijon” jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlari o'tkazishgandi. “Dinamo” 27 iyul kuni Superliga 14-turi doirasida Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushadi.

Nazorat uchrashuvi. Toshkent.
23 iyul (seshanba)
«SURXON» - «DINAMO» 1:2

Gollar: Pedro Martins 26 – Qadamboy Nurmetov, 16, 32.
“Surxon”: Asilbek Amonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Asror G'ofurov, Rahmatillo Berdimurodov, SHerzod Karimov, Mikola Agapov, Abrorbek Ismoilov, Husniddin G'ofurov, Azam Aliev, SHavkat Salomov, Pedro Martins.
Zaxira: Azamat Ahmedov, Sardor Qobuljonov, De Oliveyra Lukas, Ravshan Xursandov, Abdul Aziz Yusupov, Azamat Allaniyozov, Nozim Bobojonov, Eldor Boymatov, Suhrob Nematov, Duglas Nasimentu, Sanjar Ahmedov, Lukas Silva.

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Lokaev, Hakimxon Alamxonov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Ixtiyor Toshpo'latov, Bobur Qosimov, SHohruh Abdurahmonov, Sardor Eminov, Bahodir Nasimov, Qadamboy Nurmetov.
Zaxira: SHohruh Raimov, Siroj Hamroev, Jasur Urinov, Komil SHarofutdinov, Abbos SHodmonov, Dilmurod Karimov, Obid Hakimov, SHarofuddin SHobirov, Doston Abdurahmonov, Damir Temirov, Sanjar Baratov, Amirjon Safarov.
CHetlatishlar: Asror G'ofurov 28 - Bahodir Nasimov 28.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика