So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  0 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  2 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  3 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  2 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  3 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  25 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0

O'rtoqlik uchrashuvi. "Dinamo" "SHo'rtan"ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Dinamo" "SHo'rtan"ni mag'lub etdi

Teglar :  DinamoSHo'rtan
Birinchi Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi dushanba kuni G'uzorning SHo'rtan klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Samarqanddagi Dinamo o'yingohida bo'lib o'tgan bahs ancha tomoshabop ruhda o'tdi. Jamoalar nazorat o'yinida emas, rasmiy bahsda maydonga tushgandek harakat qilishdi. Tengkurashlar ostida o'tgan dastlabki bo'limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan so'ng esa murabbiylar Ilhom SHaripov ham, Ixtiyor Karimov ham tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Bu o'zgarishlar mezbonlarga ijobiy tasir qildi.

O'yinning 69-daqiqasida qanotdan hujumga kirishgan yosh dinamochilar hisobni ochishdi. Yosh himoyachi Hakimxon Alamxonov g'uzorliklar himoyachisi Asror Aliqulov va darvozabon Alibek Turopovdan ildamroq harakat qilib to'pni darvozaga kiritdi, 1:0.

O'tkazib yuborilgan goldan keyin vohaliklar hujumkorlikka etibor qaratishdi. Natijada oradan besh daqiqa o'tib, uchrashuv bosh hakami SHerzod Kamarov Dinamo himoyachisi qo'pollik bilan SHo'rtan hujumchisini to'xtatdi deya hisoblab, penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan tajribali hujumchi Zafar Polvonovning zarbasini esa yosh darvozabon SHuhrat Murodov ajoyib reakciya bilan bartaraf etdi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida esa samarqandliklar qarshi hujumda raqibni yana bir marta jazolashdi. 18 yoshli hujumchi Asomiddin Mamatov g'uzorliklar himoya qo'rg'onini dog'da qoldirib, hisobni 2:0 ko'rinishga olib keldi.

25 iyul (dushanba)

Nazorat uchrashuvi.

Samarqand, Dinamo stadioni.

DINAMO - SHO'RTAN - 2:0
Bosh hakam:
SHerzod Kamarov
Gollar: Hakimxon Alamxonov 69, Asomiddin Mamatov 89.

Dinamo: Mixail Naumov, Aleksey Nikolaev, Ubaydullo Nabiev, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov, Jonibek Ko'chimov, Islom SHaripov, Iskandar Xolmirzaev, Jasur Azimov, Alisher Xoliqov, Amirjon Safarov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: SHuhrat Murodov, Hakimxon Alamxonov, Laziz Nuriddinov, Omadjon Tayloqov, Komil SHarofutdinov, Mirkomil Lokaev, Orzumurod Ahmedov.

SHo'rtan: Eldor Tojiboev, Hasanboy Ergashev, Abbos Omonov, Sunnatilla Mamadaliev, Umarbek Eshmirzaev, Laziz Ubaydullaev, Xolmurod Xolmurodov, Eldor Boymatov, Marufxon Murodov, Farrux Haydarov, Zafar Polvonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Alibek Turopov, Asror Aliqulov, Olimjon Karimov, G'ulom Rahmonov, SHahzod Xursandov, Yusuf Bo'riev, Mirmuhsin Sattorov, Vusol Mageramov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика