So’nggi yangiliklar

00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  3 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5

O'rtoqlik uchrashuvi. Davron Fayziev jamoasi Yorqin Nazarov jamoasidan ustun keldi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. Davron Fayziev jamoasi Yorqin Nazarov jamoasidan ustun keldi

Teglar :  DinamoSHo'rtan
25 iyuldan Toshkentda yig'in boshlagan “Dinamo” jamoasi 26 iyul kuni poytaxtdagi dastlabki nazorat bahsini G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Ushbu bahsda “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev singari, “SHo'rtan” murabbiyi Yorqin Nazarov ham bir qator futbolchilarni maydonga tushirdi.

O'yindagi hisobni davralar oralig'ida “Dinamo”ga qaytgan Avaz Agaliev ochdi. 41-daqiqada chap qanot himoyachisi chamasi 18 metrlar uzoqlikdan belgilangan jarima zarbasidan aniq foydalandi, 1:0.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan tushgan futbolchilar “Dinamo” o'yinini yanada kuchaytirib, jamoa hujumkorlikni oshirdi. Natijada Sanjar Baratovning kiritgan gollari “Dinamo”ning g'alabasini taminladi. Uchta golga javoban “SHo'rtan” jamoasi ikki marta javob bera oldi, 3:2.

O'rtoqlik uchrashuvi.

Toshkent. 26 iyul (payshanba)

“DINAMO” – “SHO'RTAN” – 3:2 (1:0)

Gollar: 
Avaz Agaliev 41, Sanjar Barotov 71, 83.

«Dinamo»: SHohruh Eshbo'taev, Viktor Grigorev, Akmal Xolmurodov, Komil SHarofutdinov, Avaz Agaliev, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Abbosbek Jumaqulov, Dilmurod Karimov, Dalyor Almosjonov, Pavel Purishkin.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: SHohruh Raimov, Mirkomil Lokaev, Firdavs Abdusalimov, Damir Temirov, Jasur Ashurov, Otabek Narzullaev, Sanjar Baratov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика