So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  15 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubi bilan durang qayd etdi Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubi bilan durang qayd etdi

Teglar :  "Dinamo"Al SHabab
"Dinamo" jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari yig'ini doirasidagi so'nggi o'yinni Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubiga qarshi o'tkazdi.

Ar-Riyod va Samarqand klubi o'rtasidagi bahsda "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov barcha o'yinchilari xizmatidan foydalana olgan bo'lsa, Saudiya klubining nomdor legionerlaridan biri Yannik Ferreyra Karrasko "Dinamo"ga qarshi o'yinda kichik jarohati sababli maydonga tusha olmadi. U "Al SHabab"ning 4 kun avvalgi "Roma"ga qarshi o'yinida (1:2, Karrasko – Lukaku, Koshta) gol muallifiga aylangan, ammo jarohat olgandi.

Abu-Dabidagi o'yinda "Dinamo" 30-daqiqada Pro liga to'purari Anvarjon Hojimirzaevning yakkama-yakka vaziyatdagi goli evaziga hisobni ochgan bo'lsa, ko'p o'tmay saudiyaliklar Kolumbiya milliy jamoasi azosi Gustavo Kuelyarning faolligidan keyin "Al SHabab"ning braziliyalik forvardi Karlos Karvalo Junior chiroyli goli bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo'limda ham har ikki jamoa gol urib, g'alabani ilib ketish uchun shiddatli o'yin namoyish etdi, ammo O'zbekiston va Saudiya klubi o'rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi.

SHu tariqa, Vadim Abramov murabbiyligida ko'hna shahar jamoasi BAA yig'ini doirasidagi so'nggi ikki uchrashuvda Saudiyaning ikki klubi "Al Fayha" va "Al SHabab" bilan o'yinlarda durang qayd etib, yig'inni yakunladi. "Dinamo" 29 yanvar kuni Samarqandga qaytishi rejalashtirilgan.

O'rtoqlik o'yini. 28 yanvar
"Al SHabab" (S.Arabistoni) – "Dinamo" (O'zbekiston) – 1:1
Gollar:
Karlos Junior 32 – Anvarjon Hojimirzaev 30
"Al SHabab": Mussa Kamara, Hussayn, Yago Dos Santos, Nader Al-SHarari, Hamad Al-Yami (Muhammad Harbush, 65), Gustavo Kuelyar (Navaf Al-Saadi, 60), Riyod SHarahili, Majid Kanaba (Muayyad Al-SHuvayfay, 58), Abdulla Al-Jui (Husayn Al-Qahtoni, 46), Hattan Bahbari (Nosir Al-Bishi, 60), Karlos Karvalo Junior.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Ulug'bek Abdullaev, Artyom Sokol, Xurshidbek Ubaydullaev, Anvarjon Fayzullaev, Vladimir Kozak, Sanjar SHoahmedov, Francis Narx, Xislat Xalilov, Farrux Ikromov, Anvarjon Hojimirzaev.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Ravshanbek Yagudin, Salim Mustafoev, Dushan Miyich, Komil SHarofutdinov, Vohidjon Oqbo'taev, Humoyunmirzo Iminov, Damir Temirov, Javlon Malikov, Husniddin G'ofurov, Emmanuel Yagr, Bahodir Nasimov.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика