O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" PRO-Liga debyutantini mag'lub etdi
13 fev 2021 20:10
Yangiliklar


O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" PRO-Liga debyutantini mag'lub etdi
Turnir debyutantiga qarshi bahsda bosh murabbiy Hakim Fuzaylov singari yangierliklar bosh murabbiyi Eldor Sakaev ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.
Qiziqarli kechgan bahsda "Dinamo" 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yin davomida hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi, ammo "dinamochilar"ning yana ikki goli bosh hakam tomonidan bekor qilindi.
13 fevral (shanba)
O'rtoqlik uchrashuvi. Guliston.
"Yangier" - "Dinamo" - 0:2
Gollar: N.Hasanov avtogol 20, Oleg Marchuk 35.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Jasur Hasanov, Obid Jo'raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Komil SHarofutdinov, Islom SHaripov, Oleg Marchuk, Humoyun SHerbo'taev, Akmal Kozimov, Temur Hakimov, Mixaylo Udod
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Temur Usmonov, Temur Ismoilov, Faxriddin Alimov, Oybek Jo'raev, Jamshed Hasanov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar