So’nggi yangiliklar

22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2

“Orol” XXI asrning birinchi o'n yilligida Birinchi ligada qanday ishtirok etdi? Yangiliklar

“Orol” XXI asrning birinchi o'n yilligida Birinchi ligada qanday ishtirok etdi?

Nukusning “Orol” jamoasi XXI asrning birinchi o'n yilligida Birinchi ligada qanday ishtirok etdi? Bu haqda quyida to'xtalib o'tamiz.

2002 yili.
32 o'yin. 12 g'alaba, 2 durang, 18 mag'lubiyat. To'plar nisbati 26:49. 38 ochko. 12-o'rin
Oliy ligada ikki mavsum harakat qilgan “Turon” jamoasi 2002 yilni Birinchi ligada boshladi. Afsuski jamoa mavsumni juda ham sust o'tkazdi. 32 o'yinda 38 ochko to'plagan nukusliklar 17 jamoa orasida 12-o'rinni egallashdi. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli klub kelasi mavsumda Birinchi ligada ishtirok eta olmadi.

2007 yili.
38 o'yin. 18 g'alaba, 5 durang, 15 mag'lubiyat. To'plar nisbati 47:57. 59 ochko. 10-o'rin

Besh yillik tanaffusdan so'ng Nukus jamoasi yana Birinchi ligaga qaytdi. Bu safar klub nomi “Jayhun” deya o'zgartirildi. Aynan o'sha mavsumda bir qator qoraqalpog'istonlik iqtidorli futbolchilar debyut mavsumini o'tkazib, 3-4 mavsumdan so'ng Oliy liga jamoalariga yo'l olishgan edi. Mavsumni yaxshi boshlagan “Jayhun” yakunda 20 jamoa ichida 10-pog'onani band etdi.

2008 yili.
34 o'yin. 12 g'alaba, 7 durang, 15 mag'lubiyat. To'plar nisbati 43:50. 43 ochko. 12-o'rin
Keying mavsumni “Jayhun” yana yaxshi boshladi. Biroq mavsum o'rtasida moliyaviy qiyinchiliklar tufayli klubning natijalari pasaya boshladi. Yakunda nukusliklar 18 jamoa orasida 12-o'rin bilan cheklanishdi.

2009 yili.
26 o'yin. 13 g'alaba, 4 durang, 9 mag'lubiyat. To'plar nisbati 41:48. 43 ochko. 12-o'rin
2009 yilgi mavsum “Jayhun” jamoasi uchun eng omadli mavsumga aylandi. Nukusliklar bu safar ham 43 ochko to'plashdi. Biroq buning uchun 8 ta kam o'yin o'tkazishdi. Natijada jamoa 14 jamoa ishtirok etgan musobaqada 6-o'rinni egalladi. O'sha mavsum nukuslik ko'plab futbolchilar uchun Oliy ligaga trampling vazifasini o'tab bergan edi.

2010 yili.
22 o'yin. 4 g'alaba, 5 durang, 13 mag'lubiyat. To'plar nisbati 22:47. 17 ochko. 11-o'rin
Asosiy tarkib o'yinchilarining yarmidan ayrilgan “Jayhun” jamoasi Janub zonasida judayam muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. O'tkazilgan 22 o'yinda atigi 17 ochko to'plagan klub kuchli sakkiztalikka kira olmadi va mavsumni 11-o'rinda yakunladi. O'sha mavsum shuni ko'rsatdiki, jamoa Azamat Babajanov, Oybek Nurboev kabi etakchi o'yinchilarning o'rniga munosib nomzodlar izlashi kerak edi.

Davomi bor…


Furqat Yusupov



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика