

O'tgan hafta ushbu stadionni bevosita ko'zdan kechirib shunga amin bo'ldikki, sharoitlar borasida mazkur o'yingoh 1-liganing aksar maydonlaridan bir bosh ustun ekan. Echinish xonalari toza, yangi jihozlar o'rnatilgan. To'g'ri, echinish xonasida yuvinish uskunalari ishlamayotganiga guvoh bo'ldik, ammo xonaga kirganingizga hech qanday noxush hid kishining g'ashini keltirmaydi. Tribunalarda ham tozalikka ko'zimiz tushdi. Sun'iy qoplamali maydonning ayrim qismlari biroz notekisligini inobatga olmasa, o'zingiz xohlagan futbolni namoyish qilishingizga to'sqinlik qilmaydi. Aytgancha, stadionga o'rnatilgan tablo biz Nukusda mehmon bo'lgan kunimiz ishlamadi. Qolganini fotosuratlar tanishtiramiz.









Furqatbek Nishonov



