"Orol" bor yo'g'i 11 futbolchi bilan Quvasoyga tashrif buyuryapti
15 sen 2015 11:18
Yangiliklar


"Orol" bor yo'g'i 11 futbolchi bilan Quvasoyga tashrif buyuryapti
Qoralqalpog'istonning bosh jamoasi bo'lgan "Orol"ning bugungi holati juda ham achinarli tarzga kelib ulgurdi.
Mavsum boshidan beri maosh olmagan orolliklar bugun Mansur Abdullaev boshchiligida Quvasoyga 11 nafar futbolchi bilan tashrif buyuradi.
Jamoa delegaciyasida na zaxira futbolchisi, na murabbiy yo'q. SHifokor haqida aytmasak ham bo'laveradi. 3ta engil mashinaga 4 nafardan kishi birinchi liga o'yinini o'tkazish uchun kecha vodiyga yo'l olgan.
Jamoaning murabbiyi va etakchi futbolchilari bugungi o'yinda ishtirok etmaydilar. "Orol"dagi bu muammoga yillar davomida guvoh bo'lyapmiz. Ammo Nematullo Quttiboev boshqaruvidagi klub mahalliy muxlislar uchun bir amallab mavsumdan - mavsumga etib boryaptilar.
Eslatib o'tamiz, bugun "Orol" Quvasoyda "Cementchi" mehmoni bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
17:05
Modrichga "Real"dan yangi taklif tushmadi – La Liganing navbatdagi turida xayrlashuv kutilmoqda 5

Fikrlar