So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

"O'rikzor" "pulka" uchun kurashadi yoxud 2-ligada nima gap? Yangiliklar

"O'rikzor" "pulka" uchun kurashadi yoxud 2-ligada nima gap?

Toshkent shahar ikkinchi ligasida bu yil jami 30ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurashga kirishgan edi.

Ayni paytda ikkinchi liganing hal qiluvchi bosqichi ham etib keldi. O'z guruhlarida dastlabki ikki o'rinni qo'lga kiritgan 8ta jamoa saralangan holda final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Bular: "O'rikzor", SKIF, "Paxtakor-1", "Lokomotiv BFK", "Paxtakor-2", "Bunyodkor-A", "Tramvaychi" va "Namuna" jamoalaridir. 

Reglamentga ko'ra, final yo'llamasini qo'lga kiritgan jamoalarning birinchi bosqichdagi o'zaro uchrashuvlarda qayd etgan hisoblari keyingi guruhga qo'shiladi. SHuning uchun avvalgi guruhda to'qnash kelgan klublar chempionlik uchun kechadigan final jangida o'zaro o'ynamaydilar.

7 tur natijalariga ko'ra, musobaqa peshqadami SKIF hisobida 5ta o'yin natijasidan 11 ochko mavjud. Final bosqichida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa noyabrda bo'lib o'tadigan "pulka"da ishtirok etadi va u erda g'olib bo'lgan klub birinchi liga yo'llamasini qo'lga kiritadi.




"Bunyodkor", "Lokomotiv BFK" va "Paxtakor" jamoalarining birinchi ligada ham o'z farm-klublari bor. SHuning uchun bu erda "pulka" uchun SKIF, "O'rikzor" va "Namuna" jamoalari kuch sinashishyapti.

Kecha "O'rikzor" va "Namuna" o'rtasida kechgan muhim bahsga tashrif burdik. 

"O'rikzor" O'zbekiston Milliy Universitetining maydonida bo'lib o'tgan bahsda "Namuna"ni qabul qildi.

O'ynda mezbonlar tashabbusni qo'lga oldilar. Ammo gol urish mehmonlarga nasib etdi. Uchrashuvning .. -daqiqasida "O'rikzor" darvozaboni Mahamatov raqibini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bu vaziyatda uchrashuv bosh hakami ikkilanmay o'n bir metrlik jarima nuqtasini ko'rsatdi: penalti. Birinchi vaziyatda darvozabon seyvni amalga oshirdi, ammo Fayziev qaytgan to'pni qiyinchiliksiz bo'sh qolgan darvozaga joylay oldi. SHundan keyin tashabbus "O'rikzor"ga o'tdi. Raqib esa aksar hollarda himoyalanishga harakat qildi. Hisob ikkinchi bo'limda tenglashdi. Valixonov jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoluvchi gol muallifi bo'ldi.


"O'rikzor" - "Namuna" 1:1

Gollar: R.Valixonov - D.Fayziev

"O'rikzor": M.Mahamatov, A.Toxirov, X.Islomxo'jaev, N.Nasriddinov, A.Yo'ldoshev. D.Usmonov, U.Mo'minov, A.Mahkamov, R.Valixonov, B.Mirsaidov, SH.Qodirov.

Zaxira: A.Aminjonov, O.Rahimov, SH.Rahimov, B.G'ofurov, I.Gaynazarov, SH.Nurmatov.

"Namuna": I.Yusufjonov, O.Fayziev, T.Saidov, I.Tulkunov, B.Farhodov, D.Fayziev, X.Boymatov, A.Abdukarimov, A.To'lkunov, T.G'ofurov, B.Egamberdiev.

Zaxira: N.Ibragimov, I.Olimov, S.G'ulomov, M.SHaripov, B.G'aniev.


O'yindan so'ng "O'rikzor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ergashevning o'yin va mavsumdagi rejalari haqidagi fikrini tingladik.

- Guvohi bo'lganingizdek, o'yin qiziqarli kechdi. Tarkibimiz asosan 1997 va 1998 yillarda tavallud topgan futbolchilar asosida tuzilgan. SHu boisi final bosqichida biroz qiyinchiliklar bo'lyapti. Bu shahar chempionati bo'lgani uchun yoshda cheklov yo'q. SHuning uchun bazi raqiblarimiz safidagi futbolchilar biznikilardan ancha yoshi katta. Lekin buning foydasini ertaga ko'rishimizga ishonamiz. Yigitlar kattalar bilan futbol o'ynab qanday o'yin ekanligini yanada yaxshiroq his qiladilar. Hozircha ishlarimiz chakki emas, 9 ochko bilan SKIFni taqib etyapmiz.

- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Avvalo "pulka" yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz, keyin esa birinchi ligaga. Buni mavsum ko'rsatadi, reja esa shunday. Yana bir malumot, bu yigitlar shahar bolalar ligasida qatnashadigan jamoamiz o'zagidan tuzilgan. Omadimiz chopsa joriy mavsum niyatimizga erishamiz. 


Keyingi turda quyidagi jamoalar o'zaro kuch sinashadilar:

8-tur

"Namuna" - SKIF

"Paxtakor-1" - "Lokomotiv BFK"

"Paxtakor-2" - "Bunyodkor-A"

"Tramvaychi" - "O'rikzor"


Qoldirilgan uchrashuvlar:

1-tur

SKIF - "Namuna"

"Bunyodkor-A" - "Paxtakor-2"

"O'rikzor" - "Tramvaychi"

2-tur

"Paxtakor-1" - "Bunyodkor-A"

5-tur

"Paxtakor-1" - "Paxtakor-2"

6-tur

SKIF - "Paxtakor-2"


TURNIR JADVALI
 

#       Jamoa                             U        G'            D            M             T-N                O       
1 SKIF 5 1 2 0 5-2 11
2 Bunyodkor-A 6 2 4 0 8-5 10
3 Namuna 7 2 3 2 14-13 9
4 O'rikzor 7 2 3 2 14-13 9
5 Lkoomotiv BFK 8 2 2 4 14-13 8
6 Paxtakor-1 5 2 1 2 5-10 7
7 Paxtakor-2 5 2 0 3 10-11 6
8 Tramvaychi 7 1 3 2 8-10 6

 
 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика