So’nggi yangiliklar

17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  1 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  1 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  4 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  18 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  20 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  6 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   5 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2

"O'rikzor" jamoasi yoshlari haqida Yangiliklar

"O'rikzor" jamoasi yoshlari haqida

Teglar :  O'rikzor
Ayni paytda "O'rikzor" jamoasi O'zbekiston birinchiligi Ikkinchi ligasi Toshkent shahar mintaqasi birinchi bosqichida kurash olib bormoqda.

Baxtiyor Ergashev shogirdlari ayni paytda "D" guruhida ikkinchi o'rinda borishmoqda. Quyida 10 uchrashuvdan ettitasida g'alaba qozongan jamoa tarkibida alohida ajralib turgan to'rt nafar futbolchilar haqida qisqacha to'xtalib o'tmoqchimiz.

Nuriddin Nasriddinov
Ampluasi:
CHap qanot himoyachisi
Tug'ilgan sanasi: 12.08.1996



"O'rikzor"ning sap qanot himoyasida o'zgartirib bo'lmas o'yinchi. Himoyada qati, keskin kurashlardan cho'chimaydi va to'p uzatishlari joyida. Bundan tashqari, hujumga faol qo'shiladi. O'z qanoti bo'ylab raqib jarima maydonchasiga uzatadigan paslari ko'pincha xavfli tus oladi.


Jamshid Islomxo'jaev
Ampluasi:
Markaziy yarim himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 06.01.1996



O'tgan yilgi mavsumni markaziy himoyachi sifatida o'tkazgan Jamshid Islomxo'jaev joriy mavsumdan markaziy yarim himoyaga o'tdi va markaz aynan uning joyi ekanligini isbotlab kelmoqda. Uning eng katta ustunligi o'yinni o'qiy olishi. Maydonda juda yaxshi fikrlaydi, bu mavsumda jamoaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lib turibdi. Jamshid "zamax"lari va raqiblarni qisqa masofada aldashi bilan ajralib turadi. O'yin payti qaror qabul qilishda sovuqqonlikni yo'qotmaydi.


Bekzod Mirsaidov
Ampluasi:
Qanot yarim himoyachisi
Tug'ilgan sanasi: 23.08.1997



Ko'proq chap qanotda harakat qiladigan Bekzod Mirsaidov yarim himoyaning o'ng tomonida ham o'ynay oladi. Jussasi kichik bo'lishiga qaramay juda ham chaqqon va tezkor. Qanot bo'ylab uyushtiradigan reydlari himoyachilarni shoshirib qo'yadi. Bundan tashqari, jarima zarbalarini ajoyib tarzda ijro eta oladi.


Sardor Hamidullaev
Ampluasi:
Hujumchi, vinger
Tug'ilgan sanasi: 12.10.1997



Sardor Hamidullaev bu mavsumda o'zini ijobiy tomondan ko'rsata olmoqda. U ham markaziy hujumda, ham vinger sifatida o'ynay oladi.  Texnikasi kuchli, gavda bilan yaxshi o'ynaydi, tezligi yuqori. Qarshi hujum payti himoyachilardan qochib ketishga usta. Eng muhimi, golni yaxshi his qiladi.

Yuqoridagi futbolchilar "O'rikzor"ning g'alabalariga munosib ulush qo'shishmoqda, qolganlardan ajralib turishibdi va stabil harakat qilishmoqda. O'yinchilarning kuchli tomonlarini ko'rsatishga urindik, bu yoshlarda kamchiliklari ham bor, lekin ulardagi potencialni hisobga olsak, o'z ustida tinimsiz mexnat qilish evaziga kamchiliklarni bartaraf etish mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика